|
|
Приветствую Вас Mehmon | RSS |
|
|
|
TIBBIY SAYT |
|
| | |
|
Главная » Yangiliklar arxivi
Nafas a`zolarining surunkali nospesifik kasalliklari bo’lgan bemorlar tuberkulyoz bilan kasallanish xavfi yuqori bo’lgan shaxslar kontingentini tashkil qiladi. O’pkaning surunkali nospesifik kasalliklari ko’pincha umumiy immun reaksiyalar susayishi fonida kechadi va o’pkada lokal (mahalliy) immunitetning turli-tuman buzilishlari bilan kuzatiladi. Shunga bog’liq holda tuberkulyoz bilan kasallanish xavfi haqiqatdan oshib bormoqda.
O’pkaning nospesifik yallig’lanishli kasalliklari ko’pincha uzoq muddat kechuvchi tuberkulyoz bilan asoratlanadi, so’ngra esa uning tuzalishi ko’pincha o’pkadagi tuberkulyozdan keyingi qoldiq o’zgarishlar bilan birga kuzatiladi.
|
Qizig'i shunda-ki, cho'chqa grippi simptomlari oddiy gripp simptomlariga o'hshashdir. Ular: - Tana haroratining birdan ko'tarilishi; - Sovqatish; - Tananing sim-sim o'grishi; - Bosh og'rishi; - Ko'z qizarib ketish hollari mavjud, chiroqqa qarash qiyin; - Tomoq qizarishi, yo'tal, burun bitishi kam kuzatiladi.
|
Bola ikki tilni bir vaqtda o'zlashtirayotgan paytda kattalar bolaga nutqini to'g'ri va ravon bo'lishi uchun yordam berishlari lozim. Bola uchun ikki tilda mumila qilish ham qiziqarli va oson bo'lishi kerak. Bolalar bilan muomila qilayotgan kattalar bola bilan ALOQAga kirishlari lozim, shunchaki nutq tehnikasini ishitish emas. Bu degani kattalar uchun bola qanday gapirayotgani emas, balki nima gapirayotani qiziq bo'lishi kerak. Albatta hatolar bo'lishi yahshi emas, lekin ota-onalar bu hatolani bolaga iloji boricha sezirarli qilmasdan to'g'irlamog'i lozim. Masalan bola bir nimani hato bilan, yoki undn kutayotgan tilda emas boshqa tilda gapirib yubordi. U holda kattalar uning fikri, gapirgan narsasi bilan xisoblashib, kerak bo'lsa javob xam berib, keyin esa bola gapirgan gapni boshidan to'g'ri hatosiz qaytarib ko'rsatish lozim.
Ota-onalar bola bilan to'g'ri uslub qo'llashiyotganini ko'rish uchun bolaning nutqiga ahamiyat bermoq lozim. Bola javob berayotganda savol berilgan tilda javob beradi, o'zi savol berayotganda esa o'zi uchun qulay tilda savol beradi. Bundan siz bolaga qaysi til qulay va yoqimli ekanligini bilib olishingiz mumkin.
Bundan kelib chiqib, bola yoqtirmaydigan tilni qiziqarliroq, bolaga tushunarli va oson qilib muomilada ko'proq ishlatmog'ingiz kerak bo'ladi.
|
Isitmaning o`tishi uch davrga bo`linadi: harorat ko`tarilishi, maksimal darajaga chiqishi va pasayishi. Bu davrlarda har birining o`z klinik ko`rinishi bor, shunga ko`ra bemorlarni parvarish qilishning ham o`ziga xos xususiyatlari bo`ladi.
Haroratning ko`tarilish davrida issiqliq hosil qilish issiqlik yo`qotishdan ustunlik qiladi. Bu davr bir necha soat, bir necha kun, hatto haftalargacha davom etishi mumkin. Bemor haroratining tez ko`tarilishini ancha og`ir o`tkazadi: qaltirab, eti uvishadi, a'zoyi badani og`rib, qaqshaydi. Uni isitish, issiq qilib o`rab chirmash, isitgich qo`yish, issiq ichimliklar (choy, kofe ) ichirish kerak.
|
Isitma deb, organizmdagi o`zgarish jarayoniga nisbatan moslashish va himoya reaksiyasiga aytiladi. Bu reaksiya infeksiya yoki to`qimalarning parchalanish mahsulotlaridek kuchli ta'sirotlarga javoban tana haroratining ko`tarilishi bilan namoyon bo`ladi.
Mikroblar va ular ajratadigan mahsulotlar (mikrob pirogenlar), bir tomondan issiqlikni boshqaradigan nerv markazlariga ta'sir ko`rsatib, ularning qo`zg`alishiga sabab bo`lsa, ikkinchi tomondan oq qon tanachalarini (netrofillarni) ta'sirlantiradi, ular bunga javoban o`z pirogenlarini ishlab chiqarib, qonga ajratadi. Bu pirogenlar infeksiyaga qarshi faol kurashadi.
|
Duduqlanish bu nutqning tempi, ravonligi, harakatining buzulishi bo'lib,nutq apparatining turli xil joyidagi tutqanoq natijasida kelib chiqadigan buzulishdir. Duduqlanayotgan bolada biz nutqning to'htab qolishi yoki nutq davomida ayrim tovushlarni bir necha bor qaytarib borishini kuzatishimiz mumkin. Duduqlanish ko'pincha ikki yoshdan besh yoshgacha bo'lgan bolalarda uchraydi. Bolaga o'z vaqtida yordam berish uchun duduqlanishning eng asosiy alomatlarini ota onalar vaqtida ko'ra bilishlari lozim. Ular: - Bola birdan gapirmay jim bo'lib qoladi. Bu sukunat ikki soatdan bir kungacha cho'zilib ketishi mumkin bo'lib, undan keyin bola duduqlanib gapirishni boshlaydi. Agar ayni shu paytda mutahassisga uchrashsangiz bolaga tez yordam berish mumkin bo'ladi; - Ayrim so'zlar oldidan kerakmas tovushlarni ishlatishi ("a" va "i" tovushlari); - Birinchi bo'g'inlarni yoki butun so'zlarni gap oldidan qaytarishi; - So'z yoki gapni o'rtasida majburan to'htab qolishi; - Gap boshidan oldin qaiyinchilik sezishi. Duduqlanish paydo bo'lishining sababi bo'lib markaziy nerv sistemasining kuchsizlanib ketganligidir. Duduqlanish paydo bo'lishiga turli sabablar turtki bo'lishi mumkin. Kuchli infeksion kasalliklardan keyin paydo bo'lishi mumkin. Lekin asosan duduqlanish qattiq cho'chib ketishdan yoki doimiy ravishdagi bolaga yomon va qo'pol muomiladan kelib chiqadi. Hayot sharoitidagi yomon tomonga o'zgarishlar xam duduqlanishga olib kelishi mukin.
|
"Cho'chqa grippi" grippning bir turi bo'lib, inson va hayvonlar kasalligidir. Bu gripp turining rivojlanishi va ko'payishi cho'chqalarda uchragani uchun nomi shunday deb qo'yilgan. Oldin cho'qada bo'ladigan gripp viruslari odamga o'tmas edi, hozirda esa bu viruslar mutasiyalanib nafaqat cho'chqadan odamga, balki odamdan odamga xam o'tadigan bo'ldi.
Bu gripp haqida 2009 yilning bahoridan boshlab ko'p gapirilmoqda. O'shanda bu virus birinchi bo'lib Meksika aniqlanib, u erda epidemiyaga aylanib ketdi. Virus tarqalishi tezlashib borganiga Xalqaro Sog'liq Tashkiloti 2009 yilning 9 iyunida gripp pandemiyasini e'lon qildi.
Bu virusni boshqa gripp viruslaridan farqi nimada ekan?
|
Аyolning yallig’lаnish kаsаlliklаri ginеkоlоgik kаsаlliklаr оrаsidа uchrаsh sоni bo’yichа birinchi o’rinlаrdаn biridа turаdi. Ulаrning bu qаdаr ko’p uchrаshidа аyol оrgаnizmidаgi аnаtоmо-fiziоlоgik xususiyatlаr аlоxidа o’rin tutаdi. Ulаrgа jinsiy оrgаnlаrni tаshqi tа’sirgа yaqinligi, xаyz funksiyasigа bоg’liq bo’lgаn xаr оydаgi siklik o’zgаrishlаr, xаmdа аbоrt vа tug’ruq vаqtidа ko’p yoki kаm miqdоrdаgi jinsiy yo’llаr to’qimаsining trаvmаtizаsiyasi kirаdi. Bundаn tаshqаri hоmilаdоrlik vаqtidа оrgаnizmning kаsаl tug’diruvchi tаshqi muxitning turli tа’sirlаrigа qаrshiligining kаmаyishi, to’qimаlаr shikаsti, оpеrаtiv аrаlаshuvlаr, pоstgеmоrrаgik аnеmizаsiya bilаn qo’shilib kеlgаndа yallig’lаnish jаrаyonining rivоjlаnishigа оlib kеlаdi.
|
O’t pufаgining yallig`lаnish kаsаlligi – xоlеsistit, eng ko’p uchrаydi. Tоshsiz xоlеsistit (nоkаl`kulyoz) vа kаl`kulyoz bo’lаdi (o’t pufаgidаgi yallig`lаnish prоsеssi o’t tоshlаri – kоnkrеmеntlаr hоsil bo’lishi bilаn birgа uchrаydi).
Kаl`kulyoz bа`zаn o’t-tоsh kаsаlligi dеb аtаlаdi, birоq o’t-tоsh kаsаlligi o’t pufаgidа yallig`lаnish prоsеssi bilаn o’tmаsligi hаm mumkin, bu hоldа kоnkrеmеntlаr hоsil bo’lishi bоshqа qаtоr оmillаrgа bоg`liq bo’lаdi.
O’t pufаgi vа o’t yo’llаri kаsаlliklаri qаtоrigа diskinеziya nоmini оlgаn o’t pufаgi muskulаturаsi qisqаrish qоbiliyatining buzilishi kirаdi, nаtijаdа jigаr vа o’t pufаgidаn o’n ikki bаrmоq ichаkkа аjrаlib chiqishi buzilаdi. Diskеnziya mushаk tоnusining pаsаyishi vа bo’shаshishi bilаn o’tаdigаn gipоtоnik yoki tеskаri mаnzаrа (o’t pufаgi muskulаturаsining kеskin spаzmi) kuzаtilаdigаn gipеrtоnik bo’lishi mumkin. Оdаtdа disknеziya mustаqil kаsаllik sifаtidа ro’yobgаchiqmаy, bаlki tоshsiz yoki kаl`kulyoz xоlеsistit bilаn birgа uchrаydi. Xоlеsistit vа o’t-tоsh kаsаlligigа o’t chiqаruvchi yo’llаrning pаrаzitаr kаsаlliklаri: lyambliоz, оpistоrxоz, аskаridоz vа bоshqаlаr qo’shilib kеlаdi.
|
| |
| | |
|
|
|
Yakshanba, 03.11.2024, 08:05 |
Меню сайта |
|
|
Категории раздела |
|
|
Вход на сайт |
|
|
Поиск |
|
|
Календарь |
« Noyabr 2024 » | Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya | | | | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |
|
|
Архив записей |
|
|
Наш опрос |
|
|
Мини-чат |
|
|
Статистика |
Onlayn: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
|