"Cho'chqa grippi" grippning bir turi bo'lib, inson va hayvonlar kasalligidir. Bu gripp turining rivojlanishi va ko'payishi cho'chqalarda uchragani uchun nomi shunday deb qo'yilgan. Oldin cho'qada bo'ladigan gripp viruslari odamga o'tmas edi, hozirda esa bu viruslar mutasiyalanib nafaqat cho'chqadan odamga, balki odamdan odamga xam o'tadigan bo'ldi.
Bu gripp haqida 2009 yilning bahoridan boshlab ko'p gapirilmoqda. O'shanda bu virus birinchi bo'lib Meksika aniqlanib, u erda epidemiyaga aylanib ketdi. Virus tarqalishi tezlashib borganiga Xalqaro Sog'liq Tashkiloti 2009 yilning 9 iyunida gripp pandemiyasini e'lon qildi.
Bu virusni boshqa gripp viruslaridan farqi nimada ekan?
Bu virus turi asosan qush va cho'chqachalarda namoyon bo'lardi. Lekin qush gripp virusidan farqli ularoq o'limga olish kelish xolatlari bunchalik ko'p emas. Undan tashqari bu virus odamdan odamga o'tgan sari kuchini yoqotib borishi aniqlandi. Bu degani borib borib gripp o'z-o'zodan yoq bo'lib ketishi kutilmoqda.
AQSH da cho'chqa grippi bilan kasal bo'ganlarda salbiy oqibat kuzatilmagani umid tug'diradi. Meksikadagi gripp natijasida bo'lgan o'limlarga boshqa milliy, hududiy sabablar xam ta'sir etgan bo'lishi mumkin degan gipoteza bor.
Undan tashqari Meksikada grippga qarshi vakcinaciya yahshi yo'lga qo'yilmagan.
Manbaa: http://uzbaby.com