Bola ikki tilni bir vaqtda o'zlashtirayotgan paytda kattalar bolaga nutqini to'g'ri va ravon bo'lishi uchun yordam berishlari lozim. Bola uchun ikki tilda mumila qilish ham qiziqarli va oson bo'lishi kerak. Bolalar bilan muomila qilayotgan kattalar bola bilan ALOQAga kirishlari lozim, shunchaki nutq tehnikasini ishitish emas. Bu degani kattalar uchun bola qanday gapirayotgani emas, balki nima gapirayotani qiziq bo'lishi kerak. Albatta hatolar bo'lishi yahshi emas, lekin ota-onalar bu hatolani bolaga iloji boricha sezirarli qilmasdan to'g'irlamog'i lozim. Masalan bola bir nimani hato bilan, yoki undn kutayotgan tilda emas boshqa tilda gapirib yubordi. U holda kattalar uning fikri, gapirgan narsasi bilan xisoblashib, kerak bo'lsa javob xam berib, keyin esa bola gapirgan gapni boshidan to'g'ri hatosiz qaytarib ko'rsatish lozim.
Ota-onalar bola bilan to'g'ri uslub qo'llashiyotganini ko'rish uchun bolaning nutqiga ahamiyat bermoq lozim. Bola javob berayotganda savol berilgan tilda javob beradi, o'zi savol berayotganda esa o'zi uchun qulay tilda savol beradi. Bundan siz bolaga qaysi til qulay va yoqimli ekanligini bilib olishingiz mumkin.
Bundan kelib chiqib, bola yoqtirmaydigan tilni qiziqarliroq, bolaga tushunarli va oson qilib muomilada ko'proq ishlatmog'ingiz kerak bo'ladi.