TIBBIY SAYT ГлавнаяРегистрацияВход
Главная » 2009 » Sentyabr » 28 » Nutqni ikki tilga moslashtirish uslubi. Ikki tilda muomila qilish tarbiyasining prinsiplari
13:46
Nutqni ikki tilga moslashtirish uslubi. Ikki tilda muomila qilish tarbiyasining prinsiplari
Bola ikki tilni bir vaqtda o'zlashtirayotgan paytda kattalar bolaga nutqini to'g'ri va ravon bo'lishi uchun yordam berishlari lozim. Bola uchun ikki tilda mumila qilish ham qiziqarli va oson bo'lishi kerak. Bolalar bilan muomila qilayotgan kattalar bola bilan ALOQAga kirishlari lozim, shunchaki nutq tehnikasini ishitish emas. Bu degani kattalar uchun bola qanday gapirayotgani emas, balki nima gapirayotani qiziq bo'lishi kerak. Albatta hatolar bo'lishi yahshi emas, lekin ota-onalar bu hatolani bolaga iloji boricha sezirarli qilmasdan to'g'irlamog'i lozim. Masalan bola bir nimani hato bilan, yoki undn kutayotgan tilda emas boshqa tilda gapirib yubordi. U holda kattalar uning fikri, gapirgan narsasi bilan xisoblashib, kerak bo'lsa javob xam berib, keyin esa bola gapirgan gapni boshidan to'g'ri hatosiz qaytarib ko'rsatish lozim.
Ota-onalar bola bilan to'g'ri uslub qo'llashiyotganini ko'rish uchun bolaning nutqiga ahamiyat bermoq lozim. Bola javob berayotganda savol berilgan tilda javob beradi, o'zi savol berayotganda esa o'zi uchun qulay tilda savol beradi. Bundan siz bolaga qaysi til qulay va yoqimli ekanligini bilib olishingiz mumkin.
Bundan kelib chiqib, bola yoqtirmaydigan tilni qiziqarliroq, bolaga tushunarli va oson qilib muomilada ko'proq ishlatmog'ingiz kerak bo'ladi. Quyidagi maqolada ikki til muomilaga kiritish yo'llari ko'rsatib berilgan:

 Ikki tilda gapiradigan oilalarda, ya'ni otasi va onasi har xil millatgamunosib bo'lgan, yoki bir millat oilasi boshqa mamlakatda yashayotgan xolda, o'sayotgan bolalar umrining birinchi yilidanoq ikk tilni eshitadilar. Shunday xolda ota-onalar bolada ikki til xam to'g'ri rivojlanishi uchun bolaning nutq tarbiyasiga alohida prinsiplar orqali yondashmoqlari lozim.

1 prinsip: Bir odam (ya'ni ota yoki ona) - bir til
Bu prinsip eng qulay va ko'p qo'llaniladigan prinsip bo'lib, tarbiyaning boshidanoq ijobiy natijalarni namoyon qiladi. Bu prinsip 100 yildan beri ko'plab oilalarda qo'llanilib kelmoqda. Ko'p ota-onalar bolasi uchun ikki til ona tili bo'lishi uchun shu prinsipdan foydalanadilar. Hozirgi kunda bu prinsipdan foydalanish darajasi dunyoda yanada ortib bormoqda.
Undan tashqari bu prinsipga naft ota-onalar, balki qarindosh, do'stlar va bolaga qaraydigan enagalar xam amal qilishlari mumkin.
Eng asosiysi bola bilan doimiy muloqot bo'lishidir. Ikki tildan xar birida bola bilan bir necha odam gaplashishii mumkin, eng asosiysi xar biri bolaga muomila qilayotganda faqat bir tilni aralashtirmay qo'llashidir.
Bu prinsip qo'lanilayotganda kattalar nafaqat bola bilan br tilda muomila qiladilar, balki bola bo'lgan joyda boshqalar bilan xam faqat usha aynan tanlangan tilda muomila qilinishi lozim. Bu xolda bola tezroq ikki tilni ajrata olib, aralash gapirmaslikka harakat qiladi.
3-4 yoshgaha bola kattalar ikki tilni aralashtirib gapirayotganini eshitishi umkin emas. Aks xolda uning hayolida chalkash obrazlar xosil bo'ladi.
Agar oilada ikki farzand bo'lib, ikkalovi xam ikki til prinsipi bo'yicha tarbiyalanayotgan bo'lsalar,u holda bolalarning o'zlari bir biri bilan qaysi tilda gapirishni tanlaydilar. Ularga buni majburan o'qtirib bo'lmaydi. Agar bir tilni keskin rivolantrishi niyatingiz bo'lsa, katta farzandga o'sha tilni ukasiga nisbatan muomila qilayotganda ishlatishni tushuntiring. Bunda bola o'z ma'suliyatini his qilib ukasiga tilni o'rgatish jarayonida ishtirok etayotanidan hrsand bo'ladi.

2 prinsip: Bir sharoit-bir til
Bu prinsip tilni ishlatishni joyni ajratadi. Ya'ni uyda ishlatiladigan til, va uy tashqarisida ishlatiladigan tilga ajratish mumkin. Bu prinsip chet elda yahsayotgan o'zbek oilalariga uda mos keladi. Oilada bola bilan faqat o'zbek tilida muomila qilinib, maktab, bog'chalarda chet tilida muomila qilinadi.
Lekin bu prinsipni uy ichida xam qo'llash umkin. Masalan bir honani o'zbek tili honasi deb, u erda faqat o'zbek tilida muomila qilinadi, ikkinchi honani esa chet tili honasi deb, u honada faqat chet tili oila a'zolarinig barchasi tomonidan qo'llanib kelinadi.

3 prinsip: Bir vaqn-bit til
Bu prinsipga asosan ota-onalar ayrim bir tilni ayrim vaqt mobaynida qo'llaydilar. Ya'ni kunning yarmi o'zbek tiliga ajratilsa, kunning ikkinchi yarmida faqat chet tilida gaplashiladi. Kattalardan qanchalik ko'p odam bu pirnsipga asosan muomilada bo'lsa bola uchun bu prinsipga asosan ikki tilga ega bo'lish shunchalik oson bo'ladi.
Lekin bola vaqt ajratishni tushunmasligi uchun bu prinsip juda xam effektiv deb aytib bo'lmaydi.

Категория: Qiziqarli | Просмотров: 5085 | Добавил: shumbola | Теги: nutq, metis, bola nutqi, til, ikki til, farzand | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Payshanba, 21.11.2024, 11:27
Меню сайта
Категории раздела
Kasalliklar [12]
Bolalar kasalliklari [5]
Erkaklar kasalliklari [0]
Ayollar kasalliklari [4]
OITS / SPID [2]
Dorishunoslik [0]
Tibbiyot hodimlari uchun [2]
Talabalar uchun [3]
Qiziqarli [6]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Sentyabr 2009  »
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Архив записей
Наш опрос
Siz portalda yana qanday bo'limlar ochilishini istardingiz?
Всего ответов: 133
Мини-чат
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Статистика

    Onlayn: 3
    Mehmonlar: 3
    Foydalanuvchilar: 0
    KBGroup © 2007 - 2024