|
|
Приветствую Вас Mehmon | RSS |
|
|
|
TIBBIY SAYT |
|
| | |
|
Главная » Bolalar kasalliklari
Sariqlik 50% vaqtiga yetib tug'ilgan chaqaloqlarda va 80% dan ko'proq vaqtiga yetmay tug'ilgan chaqaloqlarda kuzatiladi. Ko'p hollarda bu fiziologik sariqlik bo'lib, alohida davo talab qilmaydi. Patologik xarakaterli sariqlikka gumon qilinganda, qondagi bog'langan va bog'lanmagan bilirubinni tekshirish talab qilinadi
|
Bolalarda yassi panjalik (yassi oyoqlik) tayanch-harakat sistemasidagi o‘zgarishlar ichida ko‘p uchraydigani hisoblanadi. Kasallik asosida panjaning ko‘ndalang va bo‘ylama gumbazlarini alohida-alohida bir vaqtning o‘zida yassilanishi yotadi. Agar panjaning bo‘ylama gumbazi pasaysa, yassi panjalik vujudga keladi. U ko‘pincha panja oldingi qismining uzoqlashishi bilan birga kechadi, yoki panja butunlay tashqariga og‘adi. Bu hollarda deformatsiya yassi valgus panja deb ataladi. Umuman boldir-panja sohasi orqa yuzasi o‘rtasidan o‘tkazilgan vertikal chiziq tashqariga 6 gradusgacha og‘sa, bu me’yor hisoblanadi, ichkariga og‘ish normada kuzatilmasligi kerak.
|
Ўткир яллиғланиш. Яллиғланишнинг бу тури патоген омиллар таъсирига жавобан дархол ва эрта муддатларда бошланадиган яллиғланиш реакциясидир.
Этиологияси ва патогенези. Ўткир яллиғланишга олиб борадиган сабаблар жуда хар хил. Улар келиб чикиши жихатидан экзоген ва эндоген булиши мумкин. Яллиғланишнинг экзоген омилларига куйидагилар киради: 1) физик омиллар (нур ва электр энергияси, юкори ва паст харорат, хар хил шикастлар, яъни травмалар), 2) кимёвий омиллар (кислоталар, ишкорлар, дори препаратлари, скипидлар ва кротон мойи булар каторида алохида уринда туради), 3) биологик омиллар - микроблар (стафилококклар, стрептакокклар, пневмококклар, ичак таёкчаси ва бошкалар), вируслар. Яллиғланишга сабаб булган кимёвий моддалар эндоген йул билан хам юзага келиши мумкин. чунончи, уремия махалида, ут йуллари тикилиб колган пайтларда, некрозга учраган ва қон куйилган жойларда шундай моддалар юзага келади. Улар узи кайси жойга ажралиб чикадиган булса, уша жойни яллиғлантиради. Масалан, уремик токсин фибриноз энтероколит, фибриноз перикардитга сабаб булади.
|
Duduqlanish bu nutqning tempi, ravonligi, harakatining buzulishi bo'lib,nutq apparatining turli xil joyidagi tutqanoq natijasida kelib chiqadigan buzulishdir. Duduqlanayotgan bolada biz nutqning to'htab qolishi yoki nutq davomida ayrim tovushlarni bir necha bor qaytarib borishini kuzatishimiz mumkin. Duduqlanish ko'pincha ikki yoshdan besh yoshgacha bo'lgan bolalarda uchraydi. Bolaga o'z vaqtida yordam berish uchun duduqlanishning eng asosiy alomatlarini ota onalar vaqtida ko'ra bilishlari lozim. Ular: - Bola birdan gapirmay jim bo'lib qoladi. Bu sukunat ikki soatdan bir kungacha cho'zilib ketishi mumkin bo'lib, undan keyin bola duduqlanib gapirishni boshlaydi. Agar ayni shu paytda mutahassisga uchrashsangiz bolaga tez yordam berish mumkin bo'ladi; - Ayrim so'zlar oldidan kerakmas tovushlarni ishlatishi ("a" va "i" tovushlari); - Birinchi bo'g'inlarni yoki butun so'zlarni gap oldidan qaytarishi; - So'z yoki gapni o'rtasida majburan to'htab qolishi; - Gap boshidan oldin qaiyinchilik sezishi. Duduqlanish paydo bo'lishining sababi bo'lib markaziy nerv sistemasining kuchsizlanib ketganligidir. Duduqlanish paydo bo'lishiga turli sabablar turtki bo'lishi mumkin. Kuchli infeksion kasalliklardan keyin paydo bo'lishi mumkin. Lekin asosan duduqlanish qattiq cho'chib ketishdan yoki doimiy ravishdagi bolaga yomon va qo'pol muomiladan kelib chiqadi. Hayot sharoitidagi yomon tomonga o'zgarishlar xam duduqlanishga olib kelishi mukin.
|
Bo‘yin va yelka chigali tug‘ilish jarayonida jarohatlanadi, bu akusherlik falajlari deb ataladi. Bunga sabab bolaning ona qornida noto‘g‘ri joylashishi, homilaning rivojlanish davrida suyak bo‘g‘im sohasiga turli xil ta’sirlar: homilaning sekin kechishi, og‘ir toksikoz, yoshi 30 dan oshiq, ona chanoq suyagining torligi, chaqaloqning og‘irligi 4000 g dan oshgan bo‘lsa, chaqaloqning yelkalari keng bo‘lsa, kasallikning asosiy sabablari hisoblanadi. Dushen-Erba turi yoki yuqori pleksitda C5 — C6 segment ildizlarining jarohatlanishi natijasida deltasimon, yelka, qo‘lning ikki boshli va supinatsiya mushaklari zararlanigan bo‘ladi. Qo‘lning proksimal qismida harakat buzilgan.
|
|
| |
| | |
|
|
|
Payshanba, 21.11.2024, 11:37 |
Меню сайта |
|
|
Категории раздела |
|
|
Вход на сайт |
|
|
Поиск |
|
|
Календарь |
« Noyabr 2024 » | Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya | | | | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |
|
|
Архив записей |
|
|
Наш опрос |
|
|
Мини-чат |
|
|
Статистика |
Onlayn: 2 Mehmonlar: 2 Foydalanuvchilar: 0 |
|
|