TIBBIY SAYT ГлавнаяРегистрацияВход
Главная » 2018 » Iyul » 30 » Yangi tug'ilgan chaqaloqlar sariqligi
19:29
Yangi tug'ilgan chaqaloqlar sariqligi

Umumiy va statistik ma'lumotlar
Sariqlik 50% vaqtiga yetib tug'ilgan chaqaloqlarda va 80% dan ko'proq vaqtiga yetmay tug'ilgan chaqaloqlarda kuzatiladi. Ko'p hollarda bu fiziologik sariqlik bo'lib, alohida davo talab qilmaydi. Patologik xarakaterli sariqlikka gumon qilinganda, qondagi bog'langan va bog'lanmagan bilirubinni tekshirish talab qilinadi.
Fiziologik sariqlik
Vaqtiga yetib tug'ilgan chaqaloqlar qonida eritrotsitlar yemirilishi, fetal gemoglobin (HbF) bo'lishi natijasida, qon zardobida bog'langan bilirubin miqdori oshib ketadi. Bola hayotining 3-kunlarida sariqlik paydo bo'lishi yoki kechroq va 10-kunlariga borib yo'qolishi xarakaterli. Fiziologik sariqlik ko'p uchraydi, lekin sariqlikka olib keladigan boshqa sabablar istisno etilgandan keyingina tashhis qo'yish mumkin. Fiziologik sariqlikda ba'zan yorug'lik bilan davolash (fototerapiya) o'tkaziladi.
Patologik sariqlik
Metabolizm va bilirubin ekskretsiyasi buzilishida kuzatiladi. Erta klinik belgilar birinchi 24 soat ichida paydo bo'ladi va yetuk bolalarda 10 kun, vaqtiga yetmay tug'ilgan bolalarda 2 haftadan ko'p vaqt davomida saqlanadi. Asosiy sabablari: chaqaloqlar gemolitik kasali, eritrotsitoz, nasliy ferment yetishmovchiligi, ona sutidan sarg'ayish, dorilarning nojo'ya ta'siri, sepsis, gipotireoz, o't yo'li atreziyasi. Sanab o'tilgan sabablarda pediatr maslahati muhimdir.
Yangi tug'ilgan chaqaloqlar gepatiti
Ko'p uchraydigan sabablardan biri bog'lanmagan giperbilirubinemiya bo'lib, uzoq sariqlik bilan kechadi. Mutaxassis maslahati va davosi talab etiladi.
O't yo'llari atreziyasi
Bola tug'ilgandan so'ng kuchayib boruvchi sariqlik xarakterli. O'z vaqtida jarrohlik amaliyoti o'tkazilmasa, biliar sirrozi va asoratlar rivojlanadi (bolalarning ko'pi hayotining birinchi ikki yilida o'ladi). Samarali portoenterostomiyadan keyin bilirubin almashinuvi me'yorlashadi, tirik qolish 50-70% ni tashkil etadi.

Категория: Bolalar kasalliklari | Просмотров: 62488 | Добавил: shumbola | Теги: yangi chaqaloqlar sariqligi, sariqlik, fiziologik sariqlik, chaqaloqlar sariqligi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 SvetOK  
0
Привет!
Расскажите пожалуйста блондинке как тут к сообщению присоединить картинку?
Два часа уже сижу, не разберусь как это сделать:(

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Yakshanba, 03.11.2024, 07:52
Меню сайта
Категории раздела
Kasalliklar [12]
Bolalar kasalliklari [5]
Erkaklar kasalliklari [0]
Ayollar kasalliklari [4]
OITS / SPID [2]
Dorishunoslik [0]
Tibbiyot hodimlari uchun [2]
Talabalar uchun [3]
Qiziqarli [6]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyul 2018  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Наш опрос
Saytga holis baho bering
Всего ответов: 170
Мини-чат
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Статистика

    Onlayn: 1
    Mehmonlar: 1
    Foydalanuvchilar: 0
    KBGroup © 2007 - 2024