Duduqlanish bu nutqning tempi, ravonligi, harakatining buzulishi bo'lib,nutq apparatining turli xil joyidagi tutqanoq natijasida kelib chiqadigan buzulishdir.
Duduqlanayotgan bolada biz nutqning to'htab qolishi yoki nutq davomida ayrim tovushlarni bir necha bor qaytarib borishini kuzatishimiz mumkin. Duduqlanish ko'pincha ikki yoshdan besh yoshgacha bo'lgan bolalarda uchraydi. Bolaga o'z vaqtida yordam berish uchun duduqlanishning eng asosiy alomatlarini ota onalar vaqtida ko'ra bilishlari lozim. Ular:
- Bola birdan gapirmay jim bo'lib qoladi. Bu sukunat ikki soatdan bir kungacha cho'zilib ketishi mumkin bo'lib, undan keyin bola duduqlanib gapirishni boshlaydi.
Agar ayni shu paytda mutahassisga uchrashsangiz bolaga tez yordam berish mumkin bo'ladi;
- Ayrim so'zlar oldidan kerakmas tovushlarni ishlatishi ("a" va "i" tovushlari);
- Birinchi bo'g'inlarni yoki butun so'zlarni gap oldidan qaytarishi;
- So'z yoki gapni o'rtasida majburan to'htab qolishi;
- Gap boshidan oldin qaiyinchilik sezishi.
Duduqlanish paydo bo'lishining sababi bo'lib markaziy nerv sistemasining kuchsizlanib ketganligidir. Duduqlanish paydo bo'lishiga turli sabablar turtki bo'lishi mumkin. Kuchli infeksion kasalliklardan keyin paydo bo'lishi mumkin. Lekin asosan duduqlanish qattiq cho'chib ketishdan yoki doimiy ravishdagi bolaga yomon va qo'pol muomiladan kelib chiqadi. Hayot sharoitidagi yomon tomonga o'zgarishlar xam duduqlanishga olib kelishi mukin. Ayrim bolalarda esa duduqlanish ota onalar tomonidan doimiy ravishda ularga qo'yilgan o'qish, yodlash, qaytarish, o'raganish kabi talablarning ko'pligidan ham kelib chiqadi.
Kech gapirgan bolalar xam ko'pincha uch yoshda bo'lganlar birdan ko'p gapirishni boshlab duduqlanish xolatlari xamuchrab turadi.
Bu sabalarni bilish ota onalarga o'z bolalariga duduqlanish alomatlarini vaqtida bartaraf etishga yordam beradi. Bolani oz vaqtida mutahassislarga ko'rsatishga olib keladi.
Duduqlanish nerv sistemasiga bog'liq bo'lgan muammo bo'lgani uchun duduqlanayotgan bolalarga aloxida e'tibor, tinch oilaviy sharoit va oilada to'g'ri qo'yilgan nutq bo'lishi lozim.
Bolalarga juda ko'p kitob o'qish yahshi emas. Ayniqsa o'z yoshiga mos bo'lmagan kitoblarni o'qish mumkin emas.
Televizorni ko'p ko'rishni ruhsat bermang, ayniqsa yoshiga mos kelmagan dasturlarni umuman ko'rsatmaslikka harakat qiling.
Bolani haddan tashqari erkalab yuborish kerak emas, aks xolda bolaga arzimagan "YOQ" so'zingniz xam nerv sistemasiga qattiq zarar yetkazishi mumkin.
Bolaga qo'yilgan talablar uning yoshiga mos bo'lishi lozim.
Bolani qo'rqitish mumkin emas, ayniqsa bir o'zini qorong'i honaga qoldirib jazolash bola nerv sistemasiga yomon ta'sir qiladi.
Duduqlanayotgan bolalarni yahshi ravon gapiradigan bolalar bilan muloqotga kiritish lozim.
Ashula etish o'yinlarini o'ynash lozim.
Duduqlanayotgan bolalarni hammani oldida javobga chaqirish noto'g'ri.
Bunday bolalarda o'ziga isonch hissini tug'dirish lozim.
Duduqlanadigan bolalarni musiqa, qushiq kuylash va raqsga tushish tugaraklariga olib borish lozim.
Duduqlanadigan bola doim sizning ya'ni ota-onaning mehrini his etib yurishi lozim.
Manbaa: http://uzbaby.com