TIBBIY SAYT ГлавнаяРегистрацияВход
Главная » 2008 » Iyul » 7 » Chaqaloqlarda bo'yin va yelka chigalining jarohatlanishi
23:31
Chaqaloqlarda bo'yin va yelka chigalining jarohatlanishi
Bo‘yin va yelka chigali tug‘ilish jarayonida jarohatlanadi, bu akusherlik falajlari deb ataladi. Bunga sabab bolaning ona qornida noto‘g‘ri joylashishi, homilaning rivojlanish davrida suyak bo‘g‘im sohasiga turli xil ta’sirlar: homilaning sekin kechishi, og‘ir toksikoz, yoshi 30 dan oshiq, ona chanoq suyagining torligi, chaqaloqning og‘irligi 4000 g dan oshgan bo‘lsa, chaqaloqning yelkalari keng bo‘lsa, kasallikning asosiy sabablari hisoblanadi.
Dushen-Erba turi yoki yuqori pleksitda C5 — C6 segment ildizlarining jarohatlanishi natijasida deltasimon, yelka, qo‘lning ikki boshli va supinatsiya mushaklari zararlanigan bo‘ladi. Qo‘lning proksimal qismida harakat buzilgan. Bunda yelkani tashqariga va tana tomonga harakatlantirish, bilakni bukish va supinatsiya qilish, kaftni yozish mumkin bo‘lmay qoladi. Bolaning qo‘li tanasiga yopishganday bo‘lib, yelkasi oldinga keltirilgan, kafti bukilgan holda bo‘ladi. Qo‘lning proksimal qismlarida mushaklar gipotoniyasi, gipotonus, pay reflekslari yo‘qoladi. Kaft-og‘iz, ushlash va Moro reflekslari yo‘qoladi.
Djerin-Klumke turi yoki pastki pleksitda C7 — D 1 segment ildizlari-ning jarohatlanishi natijasida bilak va qo‘l panja mushaklarida zararlanish bo‘ladi. Barmoqlar harakati qiyinlashadi, bilak-kaft bo‘g‘imida qo‘lni bukib bo‘lmaydi, bilakni yozish qiyinlashadi, lekin yelka bo‘g‘imi zararlanmaydi. Bolaning qo‘li osilib qolganday bo‘ladi, kaft yozilgan holda turadi. Distal bo‘limlarda gipotonus kuzatiladi. Pregangilionar tolalarining zararlanishi natijasida Klod-Bernar-Gorner belgisi (ptoz, mioz, enoftalm) paydo bo‘ladi. Kaft-og‘iz, ushlash, Moro reflekslarini chaqirib bo‘lmaydi.
Aralash yoki total pleksitda qo‘l-yelka sohasining butunlay falajlanishi kuz atiladi. Ba’zan yuqori va total turlarda diafragmaning chegaralangan falajlanishi natijasida nafas qiyinlashadi, bola ko‘karib, qisqa vaqt nafasi to‘xtashi mumkin, bu esa bolaning ahvolini og‘irlashtirib qo‘yadi (26-).
Davosi. Bemor o‘z vaqtida, to‘liq, muntazam davolansa yaxshi natijaga erishiladi. Mushaklar kontrakturalari, bo‘yin qiyshayishlarining oldini olish uchun ortopedik usullar qo‘llaniladi. Bemor har 2—2,5 oyda qaytadan davolanib turishi lozim. Suyaklar osteoporozi bo‘lsa, kaliy oratat, retabolil, keyinchalik 4 % mo‘miyo eritmasidan ionoforez tavsiya etiladi.


Toshkent shahrida bolalar nevrologi ko'rigi: +998 97 740 76 67
Категория: Bolalar kasalliklari | Просмотров: 3559 | Добавил: shumbola | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Juma, 06.12.2024, 04:13
Меню сайта
Категории раздела
Kasalliklar [12]
Bolalar kasalliklari [5]
Erkaklar kasalliklari [0]
Ayollar kasalliklari [4]
OITS / SPID [2]
Dorishunoslik [0]
Tibbiyot hodimlari uchun [2]
Talabalar uchun [3]
Qiziqarli [6]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyul 2008  »
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Наш опрос
Siz portalda yana qanday bo'limlar ochilishini istardingiz?
Всего ответов: 133
Мини-чат
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Статистика

    Onlayn: 1
    Mehmonlar: 1
    Foydalanuvchilar: 0
    KBGroup © 2007 - 2024