TIBBIY SAYT ГлавнаяРегистрацияВход
Главная » 2009 » Noyabr » 22 » O’pkaning surunkali nospesifik kasalliklari
13:18
O’pkaning surunkali nospesifik kasalliklari
Nafas a`zolarining surunkali nospesifik kasalliklari bo’lgan bemorlar tuberkulyoz bilan kasallanish xavfi yuqori bo’lgan shaxslar kontingentini tashkil qiladi. O’pkaning surunkali nospesifik kasalliklari ko’pincha umumiy immun reaksiyalar susayishi fonida kechadi va o’pkada lokal (mahalliy) immunitetning turli-tuman buzilishlari bilan kuzatiladi. Shunga bog’liq holda tuberkulyoz bilan kasallanish xavfi haqiqatdan oshib bormoqda.
O’pkaning nospesifik yallig’lanishli kasalliklari ko’pincha uzoq muddat kechuvchi tuberkulyoz bilan asoratlanadi, so’ngra esa uning tuzalishi ko’pincha o’pkadagi tuberkulyozdan keyingi qoldiq o’zgarishlar bilan birga kuzatiladi.

Tuberkulyoz bemorlari o’pka to’qimasi va bronxlarida nospesifik yallig’lanish jarayonlarining paydo bo’lishi bronxlarning fibrozli deformasiyasi va drenaj funksiyasi buzilishi bilan bog’liq. Nospesifik yallig’lanish tarqoq va ayniqsa fibroz-kavernali hamda sirrotik tuberkulyozning doimiy morfologik va klinik komponenti hisoblanadi. Bunday yallig’lanish jarayonining kuchayib borishi kasallikning o’lim bilan tugashining sabablaridan biri hisoblanadi. Еmirilish yoki kaverna bo’shlig’ini drenajlovchi bronxni turli darajadagi shikastlanishi bilan kuzatiladigan bronxit desiruktiv o’pka tuberkulyoziga olib keladi. Bronx yorig’i shilliq qavat infil`trasiyasi yoki chandiqli stenoz hisobiga ko’pincha toraygan bo’ladi. Tuberkulyozda kuzatiladigan odatdagi surunkali bronx-o’pka nospesifik yallig’lanish kasalliklari bo’lib surunkali bronxit, bronxoektazlar, emfizema, cho’zilgan pnevmoniya hisoblanadi. Faol tuberkulyoz bilan xasta bemorlarda nospesifik yallig’lanishning qo’shilishi yo’talning kuchayishi, hansirash, sianoz paydo bo’lishi bilan namoyon bo’lishi mumkin. Bunda balg’am mifdori ko’payadi, unda turlicha patogen mikroflora kuzatiladi. Tana harorati oshadi, umumiy qon tahlilida leykositoz, EChT oshishi kuzatiladi.
Nospesifik yallig’lanish bilan asoratlangan faol tuberkulyozli bemorlarda spesifik kimyoterapiya kuchaytirilgan bo’lishi lozim. Nospesifik yallig’lanish jarayonlarini cheklash uchun keng ta`sir spektrli antibiotiklarni tavsiya etishda ularning tuberkulyozga qarshi preparatlar bilan o’zaro ta`sirini hisobga olishga to’g’ri keladi.
O’pkasida tuberkulyozdan keyingi qoldiq o’zgarishlari mavjud bemorlar surunkali bronxitda va ayniqsa bronxoektazlar sohasida yallig’lanish mavjud bo’lganda balg’amli yo’tal, qiyin nafas olish yoki nafas chiqarish bilan kechadigan hansirashga shikoyat qilishadi. Оdatda bu klinik belgilar ilgari tuberkulyoz o’tkazmagan bemorlardagiga nisbatan kamroq namoyon bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, bu xususiyat nospesifik yallig’lanishning ko’p hollarda o’pkaning yuqori bo’laklarida joylashishi va balg’amning drenajlanishi hamda ajralishi uchun yaxshi sharoit bo’lishi bilan bog’liq.

Ba`zan tuberkulyozdan keyingi o’zgarishlar sohasida yuzaga kelgan o’tkir pnevmoniya yaqqol intoksikasiya simptomlari va abssesslanishning klinik manzarasi bilan kechadi. Bunday hollarda balg’amda MBT ning bir martalik topilishi har doim ham o’pkada tuberkulyoz jarayonining qo’zg’alganidan dalolat beravermaydi, balki bu nofaol tuberkulyoz o’chog’idagi o’pka to’qimasining parchalanishi natijasi bo’lishi mumkin. Pnevmoniya va tuberkulyoz residivlanishi yoki qo’zishining qiyosiy tashxisida shuni hisobga olish kerakki, pnevmoniya nisbatan o’tkir, hansirash va sezilarli miqdordagi nam xirillashlar bilan kuzatiladi. Bunda ajralayotgan balg’am miqdori ko’payadi, u yiringli tus oladi va nospesifik patogen mikrofloraga ega bo’ladi, keng ta`sir spektrli antibiotiklar tezda o’z ta`sirini ko’rsatadi.
Категория: Kasalliklar | Просмотров: 13912 | Добавил: shumbola | Теги: pnevmoniya, tuberkulyoz, bronxial astma, o'pka, nafas a'zolari kasaliklari, nospesifik, astma | Рейтинг: 4.3/6
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Chorshanba, 22.01.2025, 07:25
Меню сайта
Категории раздела
Kasalliklar [12]
Bolalar kasalliklari [5]
Erkaklar kasalliklari [0]
Ayollar kasalliklari [4]
OITS / SPID [2]
Dorishunoslik [0]
Tibbiyot hodimlari uchun [2]
Talabalar uchun [3]
Qiziqarli [6]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2009  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Наш опрос
Siz portalda yana qanday bo'limlar ochilishini istardingiz?
Всего ответов: 133
Мини-чат
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Статистика

    Onlayn: 1
    Mehmonlar: 1
    Foydalanuvchilar: 0
    KBGroup © 2007 - 2025