TIBBIY SAYT ГлавнаяРегистрацияВход
Главная » 2009 » Sentyabr » 27 » Isitma davrlari va isitmalayotgan bemorlarni parvarish qilish
13:12
Isitma davrlari va isitmalayotgan bemorlarni parvarish qilish
Isitma chiqqanda yordam ko'rsatish
Isitmaning o`tishi uch davrga bo`linadi: harorat ko`tarilishi, maksimal darajaga chiqishi va pasayishi. Bu davrlarda har birining o`z klinik ko`rinishi bor, shunga ko`ra bemorlarni parvarish qilishning ham o`ziga xos xususiyatlari bo`ladi.
Haroratning ko`tarilish davrida issiqliq hosil qilish issiqlik yo`qotishdan ustunlik qiladi. Bu davr bir necha soat, bir necha kun, hatto haftalargacha davom etishi mumkin. Bemor haroratining tez ko`tarilishini ancha og`ir o`tkazadi: qaltirab, eti uvishadi, a'zoyi badani og`rib, qaqshaydi. Uni isitish, issiq qilib o`rab chirmash, isitgich qo`yish, issiq ichimliklar (choy, kofe ) ichirish kerak.
Harorat maksimal ko`tarilgan davrda issiqlik yo`qotishning kuchayishi bilan hosil qilishning kuchayishi nisbiy muvozanatda bo`ladi. Bu davr bir necha .soatdan bir necha haftalargacha davom etadi. Issiqlikning buzilishidan tashqari, isitmada barcha a'zolar va tizimlar faoliyatining buzilishiga aloqador hodisalar kuzatiladi. Birinchi navbatda moddalar almashunuvi buziladi: bir tomondan isitmalash kuchayadi, ikkinchi tomondan esa hazm hamda suo`rilish funksiyasi va ishtahaning pasayishi tufayli organizmga oziqa moddalar tushishi kamayadi. Bunda esa organizmning" o`zida to`qimalar: jigar uglevodlari, yog` hujayrasining yog`lari oksidlana boshlaydi. Oqsillar parchalanishga uchraydi. Bemorning tinkasi quriydi. Harorat qanchalik yuqori, uzoq davom etadigan va ko`p o`zgaradigan bo`lsa bemor shuncha darmonsizlanadi.
Ishtahaning pasayib ketganligini hisobga olib, ovqatni tez-tez, kuniga 6—7 marta berish, buning uchun harorat bir muncha pasayadigan paytdan (kechqurun va hatto tunda) ham foydalanish zarur. Biroq moddalar almashinuvining buzilishi isitma kuchayishidan bo`libgina qolmay, balki noto`liq almashinuv mahsulotlari, shuningdek mikrob zaharlarining (agar bu infeksion isitma bo`lsa) organizmga keng tarqalib, hujayra va to`qimalarning zaharlanishini ham o`z ichiga oladi. Buyraklar faoliyati pasayganligi sababli, zaharli mahsulotlar chiqarilishi susayib ketadi. Bemorlar isitmaning bu davrida ko`p chanqaydilar. Shuning uchun imkon boricha ko`proq suyuqlik kiritish bilan zaharli moddalarni organizmdan chiqarib tashlash lozim. Har 20—30 daqiqada bemorga oz-ozdan suyuqlik ichirish kerak. Suyuqlik bilan birga C va A vitaminlarini kiritish tavsiya qilinadi, chunki isitmada ularning almashinuvi buzilib, ularga bo`lgan ehtiyoj esa oshadi. Isitmalayotgan bemor organizmiga ko`p suyuqlik kiritish bilan qondagi zararli moddalar konsentratsiyasi kamaytiriladi.
Nerv sistemasining chala oksidlangan mahsulotlar va mikroblardan zaharlanishi odatda bosh og`rishi, uyqusizlik, tezda charchash va shu kabilar bilan namoyon bo`ladi. Biroq, es-hushning kirdi-chiqdi bo`lishidan to butunlay yo`qolishigacha borib etadigan birmuncha og`ir hodisalar ham kuzatiladi. Bemor besaramjon bo`lib qoladi, o`ziga qattiq shikast etkazib olishi, alahlab bo`limdan chiqib ketishi va hatto o`zini derazadan tashlab yuborishi mumkin. Buni o`z vaqtida aniqlash va bemorni psixiatr ixtiyoriga o`tkazib, xato qilmaslik kerak. Bunday bemorlarni parvarish qilishda xodimlar g`oyat hushyor bo`lishlari lozim: bemorni imkoni boricha boshqalardan ajratish va unga hamshira qarab turishi kerak. Bunday bemor karavotining yon tomoniga to`r tutib qo`yiladi.
Isitma yurak-tomir sistemasi va nafas funksiyalarining buzilishi, harorat ko`tarilishiga proporsional ravishda arterial bosimning pasayishi, puls va nafas olishning tezlashishi bilan namoyon bo`ladi. Haroratning Tgacha oshishi pulsning har daqiqada o`rta hisobda 8—10 marotaba tezlashishiga sabab bo`ladi, deb hisoblanadi. Tibbiyot hamshirasi bemorni kuzatishda uning pulsi va nafasiga qarab ahvolini aniqlay olishi va shunga yarasha unga diqqat e'tiborini kuchaytirishi lozim.
Haroratning pasayish davrida issiqlik hosil qilish kamaygan, issiqlik yo`qotish oshgan bo`ladi. Haroratning tez, bir necha soat ichida tushishi «krizis», bir necha kun mobaynida asta-sekin pasayishi «Iizis» deyiladi.
Harorat pasayishi, ayniqsa kritik pasayishda yurak-tomirlarning o`tkir etishmovchiligi yuz berishi sababli bemorjuda og`irahvolga tushadi. Bunday vaqtda yordam ko`rsatilmasa o`lim sodir bo`ladi.
Harorat pasayishi ko`p terlash bilan o`tib, puls va nafas tezlashmasa, es-hushi joyiga kelsa, isitmadan besaranjomlanib, uxlay olmagan uyqusi yaxshilansa, krizis o`tib ketishi mumkin.
Biroq, krizisning kechishi boshqacha tus olishi ham mumkin. Harorat tez pasayib, normal darajadan ham tushib ketishi, bemor ahvolining to`satdan yomonlashishiga sabab bo`ladi. Bemor darmonsizlik, tashnalik, sovqotish, et junjikishidan shikoyat qiladi. Uning terisi oqaradi, so`ngra ko`karadi, badanini sovuq ter bosadi, oyoq-qo`llari sovqotadi. Arterial bosim pasayadi, pulsi tez hamdakichik(«ipsimon»), nafas tez vayuzaki bo`ladi. Qorachiqlari kengayadi. o`tkir tomir etishmovchiligi — kollaps avj olib, o`lim sodir bo`lishi mumkin.
Shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish: Zudlik bilan teri ostiga yoki muskul ichiga kofein, kamfora, strixnin, mezaton, adrenalin yuborish zarur. Miyaning qon bilan ta'minlanishini yaxshilash uchun bemorning boshidan yostig`ini olib, karavotning oyoq tomonini 30—40 sm ko`tarib qo`yish kerak. Bemorni isitgich bilan isitish, unga issiq choy, kofe ichirish lozim. Mana shu tadbirlar bajarilib bemor ahvoli yaxshilana boshlagandan so`ng uning ich kiyimi, choyshabini almashtirish zarur. Ahvoli yaxshilanmasa, in`eksiyalar takrorlanadi va tomchi usulida venaga glyukoza bilan noradrenalin yuboriladi.
Hamshira isitmalayotgan bemomi parvarishlashda va unga yordam berishda hamshiralik jarayoni bosqichlari bo`yicha o`z vazifalarini belgilab oladi. Har bir yuzaga kelayotgan holatni hamshiralik tashxisi sifatida umumlashtirib, tegishli xulosalar chiqaradi, yordam ko`rsatish va parvarish qilish jarayoniga zarur o`zgartirishlar kiritadi.
Категория: Tibbiyot hodimlari uchun | Просмотров: 16885 | Добавил: shumbola | Теги: isitmada yordam, Isitma, birinchi yordam | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Yakshanba, 03.11.2024, 08:25
Меню сайта
Категории раздела
Kasalliklar [12]
Bolalar kasalliklari [5]
Erkaklar kasalliklari [0]
Ayollar kasalliklari [4]
OITS / SPID [2]
Dorishunoslik [0]
Tibbiyot hodimlari uchun [2]
Talabalar uchun [3]
Qiziqarli [6]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Sentyabr 2009  »
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Архив записей
Наш опрос
Saytda yana qaysi tillarda ma'lumotlar chop etilishini istaysiz?
Всего ответов: 168
Мини-чат
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Статистика

    Onlayn: 1
    Mehmonlar: 1
    Foydalanuvchilar: 0
    KBGroup © 2007 - 2024