TIBBIY SAYT ГлавнаяРегистрацияВход
Главная » 2009 » Sentyabr » 27 » Isitma, uning sabablari va turlari
12:50
Isitma, uning sabablari va turlari
Isitma
Isitma deb, organizmdagi o`zgarish jarayoniga nisbatan moslashish va himoya reaksiyasiga aytiladi. Bu reaksiya infeksiya yoki to`qimalarning parchalanish mahsulotlaridek kuchli ta'sirotlarga javoban tana haroratining ko`tarilishi bilan namoyon bo`ladi.
Mikroblar va ular ajratadigan mahsulotlar (mikrob pirogenlar), bir tomondan issiqlikni boshqaradigan nerv markazlariga ta'sir ko`rsatib, ularning qo`zg`alishiga sabab bo`lsa, ikkinchi tomondan oq qon tanachalarini (netrofillarni) ta'sirlantiradi, ular bunga javoban o`z pirogenlarini ishlab chiqarib, qonga ajratadi. Bu pirogenlar infeksiyaga qarshi faol kurashadi.
Xuddi shunga o`xshash virus infeksiyasiga javoban organizmda interferon ishlab chiqariladi. Hujayralar tomonidan himoya moddalar (pirogenlar, interferon) ishlab chiqarish jarayoni ko`p quwat sarflanishini talab qiladi va isitmadagina ro`y berishi mumkin, tana harorati normal bo`lganda esa bu jarayon to`xtaydi.
Shunday qilib, isitma kasallik vujudga kelgan sharoitlarda organizmning tirik qolishini ma'lum darajada yengillashtiradi. Vrachlarga qadimdan ma'lum bo`lgan usul — issiq tutib davolashning yaxshi kor qilishi ana shundan dalolat beradi.
Biroq, yuqori isitma har bir kasallikda organizmga foydali bo`lavermay, balki yomon ta'sir ko`rsatishi ham mumkin. Shunga ko`ra, issiqni tushiradigan vositalarni qo`llashning o`rni bor-yo`qligini har bir holda puxta o`ylab ko`rish kerak.
Kelib chiqish sababiga ko`ra, infeksion va infeksion bo`lmagan isitmalar farq qiladi. Isitmaning keyingi xili shikastlangan to`qimalarga dori surtilayotganda, qon quyilayotganda organizmga yot narsa tushganda, markaziy nerv tizimi shikastlanganda, odam zaharlanganida kuzatiladi.
Isitma turlari. Isitma nechog`li balandligi, qancha davom etishi va harorat qay tariqa o`zgarib turishiga qarab farqlanadi. Balandligiga qarab subnormal (35-36°C), normal (36-37°C) va subfebril (37-38°C) harorat tavofut qilinadi. Haroratni 38°C oshishi isitma deb, shu bilan birga 38°C dan 39°C gacha ko`tarilishi o`rtacha, 39°C dan 42°C gacha yetishi yuqori va 42-42,5°C gacha oshishi o`ta yuqori isitma deb hisoblanadi.
Isitma qanchalik uzoq davom etishiga qarab: 1) tez o`tib ketadigan — bir necha soatdan 1—2 kungacha davom etadigan; 2) o`tkir — 15 kungacha; 3) o`rtacha o`tkir — 45 kungacha; 4) cho`ziladigan va surunkali — 45 kundan ko`p davom etadigan isitmalarga bo`linadi.
Haroratning o`zgarishiga qarab, isitmaning quyidagi turlari farq qilinadi:
1. Doimiy isitma — baland bo`lib, uzoq davom etadi, harorat kuniga 1°C dan ko`p o`zgarmaydi. Toshmali terlama va ich terlama, hamda zotiljam (o`pkaning krupoz yallig`lanishi) uchun xos.
2. Bo`shashtiradigan isitma — febris remittens — harorat sutkasiga 1°C ko`p o`zgarib, 38°C dan past tushib turadi. Yiringli jarayonlarda, o`pkaning o`chog`li yallig`lanishlarida kuzatiladi.
3. Tinkani quritadigan yoki gektik isitma — febris hectica uzoq davom etadigan isitma bo`lib, bunda harorat kuniga 4—5°C o`zgarib turadi va normal yoki subnormal raqamlargacha tushadi. o`pka silining og`ir xilida, sepsisda (qon zararlanganda), yallig`lanish kasalliklarida qayd qilinadi.
4. Noraso isitma — febris inversa xususiyati va darajasiga ko`ra gektik isitmaga o`xshab ketadiyu, lekin harorat ertalab maksimal, kechqurun esa normal. Bu sil va sepsisning og`irturlarida uchraydi.
5. Atipik isitma — febris irregularis — muddatning notayinligi va haroratning kun davomida noto`g`ri va turli-tuman o`zgarib turishi bilan ta'riflanadi.
6. O`zgarib turadigan isitma — febris intermittis — bezgakda bo`ladi. Harorat xususiyati va o`zgarish darajasiga ko`ra gektik isitmaga o`xshaydi, lekin haroratning baland bo`lib turishi bir soatdan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Harorat ko`tarilishi har kuni emas, bezgak sababchisining xiliga qarab kunora, ikki kunda bir marta takrorlanib turadi.
7. Qaytalama isitma — febris rekurrens bir necha kun davom etadigan baland isitma davrlarining isitmasiz davrlar bilan qonuniy almashinib turishidir. Qaytalama isitma terlama uchun xos.
8. To`lqinsimon isitma—febris undulans — harorat asta-sekin yuqori raqamlargacha ko`tariladigan davrlaming asta-sekin subfebril yoki normal raqamlarga tushadigan davrlar bilan almashinishidir. Brusellyoz va limfogranulematozda kuzatiladi.
Harorat egri chizig`ining ko`rinishi aksariyat kasallikni aniqlash imkonini beribgina qolmay, balki uning kelgusida qanday o`tishi to`g`risida taxminiy fikr yuritishga ham yordam beradi.
Masalan, o`pkaning o`chog`li yallig`lanishida atipik harorat egri chizig`i gektik isitma bilan almashinsa, asorat bor, o`pkada yiringlanish boshlanayapti deb gumon qilish kerak.
Категория: Tibbiyot hodimlari uchun | Просмотров: 44164 | Добавил: shumbola | Теги: температура, temperatura, istma, Isitma, истма, иситма | Рейтинг: 3.0/3
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Payshanba, 21.11.2024, 11:36
Меню сайта
Категории раздела
Kasalliklar [12]
Bolalar kasalliklari [5]
Erkaklar kasalliklari [0]
Ayollar kasalliklari [4]
OITS / SPID [2]
Dorishunoslik [0]
Tibbiyot hodimlari uchun [2]
Talabalar uchun [3]
Qiziqarli [6]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Sentyabr 2009  »
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Архив записей
Наш опрос
Saytda yana qaysi tillarda ma'lumotlar chop etilishini istaysiz?
Всего ответов: 168
Мини-чат
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Статистика

    Onlayn: 1
    Mehmonlar: 1
    Foydalanuvchilar: 0
    KBGroup © 2007 - 2024