TIBBIY SAYT ГлавнаяРегистрацияВход
Главная » 2015 » Avgust » 27 » Lat yeyish
23:37
Lat yeyish
Lat yeyish – teri yuzasining butunligiga zarar yetmasdan turib, yumshoq to‘qimalarning mexanik shikastlanishi. Kishini zarb bilan urganda yoki u qattiq joyga yiqilganda lat yeydi. Yengil, o‘rtacha va og‘ir lat yeyish kuzatiladi, uning yengil yoki og‘irligi mexanik ta’sir qiluvchi jism yuzasining ulchami va ta’sir tezligiga, shuningdek, to‘kimaning tuzilishiga bog‘liq. Ko‘pincha teri va teri osti yog‘ qatlami, muskullar, suyak pardasi, boldirning oldingi qismi, kalla suyagi gumbazi lat yeydi. Shikastlangan joyda og‘riq va shish paydo bulishi Lat yeyishning asosiy belgisi hisoblanadi. Shish kattalashib, atrofga tarqalgan sari og‘riq kuchayishi mumkin. Lat yeyish hayot funksiyalarining vaqtinchalik buzilishiga sabab bo‘ladi, masalan, ko‘krak qafasi qattiq lat yeganda nafas olish qiyinlashadi. Boshning lat yeyishi miya chayqlishiga olib keladi yoki quyilgan qon miyani ezib qo‘yadi. qrin lat yeganda jigar va ichak yorilishi mumkin. Shikastlangandan so‘ng to‘qimalarga qon quyilishining oldini olish uchun lat yegan joyga sovuq narsa qo‘yish (muz xalta yoki sovuq suvga latta ho‘llab bosish) kerak. Shikastlangan a’zoni qimirlatmay, mahkam qilib bog‘lash lozim. Qattiq lat yeganda (bosh, ko‘krak qafasi, qorin shikastlanganda) kuchli og‘riq paydo buladi, bemorning umumiy ahvoli og‘irlashib, boshi og‘riydi, ko‘ngli aynib, qayt qiladi. Bunda shikastlangan kishini darhol vrachga ko‘rsatish lozim. Gematoma (gemo... va yun. ota — o‘sma) — to‘qima orasiga va tana bo‘shliqlariga qon quyilishi. Turli shikastlanishlar, lat yeyish, suyaklar sinishi, chiqishi va b. oqibatida ro‘y beradi. Yumshoq to‘qimalar ezilishidan paydo bo‘lgan kichikroq G. bir oz shishib, og‘riydi, o‘sha soha mo‘mataloq bo‘lib, qontalashadi. O‘z vaktida to‘g‘ri davo qilinsa, hech bir nuqsonsiz tuzalib ketadi; asosan shu sohaga orom beriladi, sovuq qilinadi va bog‘lab qo‘yiladi. Hayot uchun muhim a’zolar (bosh miya, jigar va b.) zararlangan bo‘lsa, zudlik bilan vrachga murojaat etish zarur, aks holda og‘ir asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. Lat yeyish daganda zarb ta`sirida yumshoq to‘iqmalarninig anatomik o‘zgarishsiz shikastlanishi tushuniladi. Bir joyninig og‘rishi, to‘qimalarninig shishuvi,teri sezuvchanligininig uzgarishi, qon quyilishi (gematoma) kuzatiladi. SHikastlangan organ funksiyalari buzilishi mumkin. Gematoma (qon quyilgan joy) rangi pigmentninig asta- sekin parchalanishi munosabati bilam tuk qizil, ko‘kimtir, yashildan to sariq ranggacha o‘zgaradi. Davolash gavdaning shikastlangan qismiga orom beriladi, unga balandroq vaziayt yaratiladi, bosib turadigan bo‘glam bo‘glanadi, Lat egan joyga sovuq yoki muz solingan xaltachada quyiladi. gematoma katta bo‘lsa ba`zan qon surib olinadi yoki qon oqishi to‘xtatiladi Lat yeyishdan 2-3 kun o‘tgach gematomaniing yahshiroq surilishi uchun issiq muolajalar (grelka, isituvchi kompress, doametriya UVCH …) qilinadi.
Категория: Talabalar uchun | Просмотров: 12907 | Добавил: shumbola | Теги: yeyish, lat, lat yeyish | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Payshanba, 21.11.2024, 11:26
Меню сайта
Категории раздела
Kasalliklar [12]
Bolalar kasalliklari [5]
Erkaklar kasalliklari [0]
Ayollar kasalliklari [4]
OITS / SPID [2]
Dorishunoslik [0]
Tibbiyot hodimlari uchun [2]
Talabalar uchun [3]
Qiziqarli [6]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Avgust 2015  »
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Наш опрос
Siz portalda yana qanday bo'limlar ochilishini istardingiz?
Всего ответов: 133
Мини-чат
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Статистика

    Onlayn: 3
    Mehmonlar: 3
    Foydalanuvchilar: 0
    KBGroup © 2007 - 2024