TIBBIY SAYT ГлавнаяРегистрацияВход
Главная » 2008 » Dekabr » 27 » Tomirlar ichida qonning quyilib qolish sindromi (TIQQS)
10:50
Tomirlar ichida qonning quyilib qolish sindromi (TIQQS)
Ko`p adabiyotlarda tomirlar ichida qonning quyilib qolish sindromi degan ibora uchraydi. Tomirlar ichida qon quyilib qolganda bu sindrom yuzaga keladi. Deyarli hamma og`ir holatlarda TIQQS uchraydi, biroq u yashirin, simptomsiz holda kechadi. Kasallikning oxirgi darajalarida biror bir holat turtki bo`lib (qon quyish, plazma yoki biror suyuqlik quyish), perfuzion qon ketish kuzatiladi.
TIQQSni o`rganishdan oldin qonning ivish, suyulish va to`xtatish mexanizmlarini ko`rib chiqamiz.
To`qimalar yoki qon tomirlarining jarohatlanishi natijasida qon to`xtamasligi va trombozlar sodir bo`lishi mumkin. Bu holat reanimatsiya, akusher-ginekologiya va jarrohlik amaliyotida tez-tez uchrab turadi. Bunday holatlarning oldini olish va qon tomirlarida qonning normal oqishini - harakatini ta’minlash quyidagi omillarga ham bog`liq: qonning ivish vaqti va fibrinolitik (fibrinlarni eritish) sistemasiga; tomirlar endoteliyasining, ya'ni ichki qavatining butunligiga; qon bosimi va qon oqish (tomirlar ichida) tezligiga; qon tarkibi va qon ishlab chiqarish a'zolarining ish faoliyatiga.
Qon to`xtatish — gemostazning patogenezi. Organizm hayotning dastlabki soniyalaridan boshlab gemostaz uchun butun kuchini ishga soladi. Gemostaz bir-biriga bog`liq bo`lgan ikkita mexanizmda kechadi. Gemostazning birinchi mexanizmi trombotsitar-tomir mexanizmi, ya'ni jarohatlangan joyga trom-botsitlarning adgeziyasi (yopishishi), keyinikkinchisi - agregatsiyasi — to`da bo`lishi va jarohat ustida gemostatik tiqinning hosil bo`lishi bilan yakunlanadi. Gemostazning bu turi kapillarlardan qonni to`xtatish uchun xizmat qiladi.
Tomirlardan katta bosimda ketayotgan qonni to`xtatish uchun ikkinchi koagulatsiya mexanizmi ishga tushadi, natijada qon laxtalari paydo bo`ladi. Xalqaro nomenklatura bo`yicha qonning ivishida XIII omil qatnashadi.
Qonning ivishini o`rganishda turli xil qarashlar bor. Fibrinogen fibringa aylanishi natijasida qon laxtasi hosil bo`ladi. Bu laxta protrombinning trombinga aylanishiga olib keladi. Protrombinni trombinga aylantirishda kalsiyning ahamiyati katta.
Gemokoagulatsiya hojatini ko`rsatuvchi ko`rsatkichlar quyi-dagilar: trombotsitlar soni (normada bir mm.kub.qonda 350 mingtagacha, agar trombotsitlar 200000 dan kamaysa, bu holat trombotsitopeniya deyiladi va qon ketishga moyillik yuzaga keladi); qon oqish vaqti (normada Dyuke bo`yicha 1—3 daqiqani tashkil qiladi, bu holat aspirin ichganda yoki trombotsitopeniyada ham uchraydi); plazma rekalsifikatsiyasi (normada 90—120 s); plazmaning geparinga nisbatan sezuvchanligining oshishi (nor-mada 9—13 s); qon ivish vaqti (normada 5—10 s); protrombin vaqti (normada 23—30 s); plazmada fibrinogen miqdorining kamayishi (normada 4 mg); laxtaning erish vaqti (normada 4—5 soat).
Shu ko`rsatkichlar vaqtining kamayishi gipokoagulatsiya, vaqtning ko`payishi esa giperkoagulatsiyadan xabar beradi.
Fibrinoliz tomirlar sistemasida hosil bo`lgan laxtaning, plazmin fermenti ta'sirida erishidir. Normada plazmin bir litr qonda 20 mg yoki 0,2 g bo`ladi. Katta operatsiyalarda, jarohatlarda to`qimalarning majag`lanishi oqibatida qonga tushib turadigan kinazalar (urokinaza, streptokinazalar) qonda doimo bo`ladi. Ular fibrinolizni tezlashtirishda katta rol o`ynaydi.
Qon ivishi — gemostazning buzilishi. Qon ivishi va fibrinoliz nasldan-naslga o`tadigan kasalliklarda sodir bo`ladi. Bu kasalliklarga gemofiliya, Verlgof kasalligi misol bo`la oladi. Koagulopatiyaning 90% qonda VIII chi omilning yetishmovchiligidan sodir bo`lib, to`qimalardan doim qon ketishi bilan xarakterlanadi.
Koagulopatiya hayot jarayonida uchrab, quyidagi kasallik va sabablardan keyin yuzaga kelishi mumkin:
- jigarda vitamin K ishlab chiqarish jarayoni biror kasallik oqibatida buzilsa;
- ichak kasalliklarida;
- antikoagulantlar bilan davolanganda yoki ularning miqdori oshirib qo`llanilganda;
- qonning VII, IX, X omillari faoliyati buzilganda;
- operatsiyalar, jarohatlar, tug`uruqlar paytida to`qimalarning ezilishi natijasida qonga to`qima omillari tushishi oqibatida;
- fibrinogen miqdori kamayib ketganda (normada 20 mg %);
- plazma qonda kamayganda va fibrinogenning fibringa aylanishiga to`sqinlik qiladigan moddalar ko`payib ketganda;
- juda ko`p qon quyilganda;
- sun’iy qon quyish apparati bilan ishlaganda trom-botsitlarning ezilishi oqibatida;
- TIQQS, vazopatiya — tomirlar kasalliklari, gemostaz buzilganda.
TIQQS sindromi og`ir kasalliklar, jarohatlar, turli xil zaharlanishlar, behad ko`p qon quyish, homiladorlik toksikozining og`ir darajalari, tug`uruq jarayonining og`ir turlari, shoklar, gipoksiya holatlari va asoratlari natijasida kelib chiqadi. TIQQS o`tkir va surunkali formalarda kechadi. Uzoq vaqt (bir necha oylab) kasal bo`lib yurgan bemorlarda TIQQS organizmda biror bir ta'sir yoki salbiy omil tufayli yuzaga chiqdimi, oldingi surunkali kechib turgan TIQQS ham yuzaga chiqib o`z faolligini namoyon qiladi. Masalan, kechki toksikozni o`tkazib yuborgan homilador bemorlar surunkali shok yoki TIQQS holatida yuradilar. Ularning ahvoli og`irlashib qolishi uchun qusish, ich ketish yoki kam miqdorda bo`lsa ham qon ketish yoki biror infeksiyaning o`zi yetarli bo`ladi.
TIQQS mayda qon tomirlar ichida qon ivib qolishi natijasida to`qimalarda qon aylanishi buziladi, ya'ni gipoksiya, asidoz holatlari sodirbo`ladi. To`qima va a'zolarda trofik va metabolik o`zgarishlar, buzilishlar yuz beradi va bu TIQQS patogenezi asosini tashkil qiladi. Mikrosirkulatsiyaning buzilishi fibrinogen va trombotsitlar yetishmasligiga oqibatda to`qimalardan profuz qon ketishlarga sabab bo`ladi.
TIQQS akusher-ginekologiya va jarrohlik amaliyotida ko`p uchraydi, umuman bu sindrom deyarli barcha og`ir holatlarning yo`ldoshi hisoblanadi, uni tashxislash qiyin. Har qanday og`ir holatda tashxisda TIQQS bor deb o`ylab shunga qarshi choralarni ko`rish bemor hayotini saqlab qoladi.
TIQQS quyidagi darajalarda kechadi:
- birinchi daraja - tomirlarda trombotsitlar agregatsiyasi natijasida mikrosirkulatsiya, a’zolarda qon aylanish buziladi, asidoz sodir bo`ladi. Qonning suyultiruvchi va quyultiruvchi-ivituvchi sistemasi ishdan chiqadi. Tomirlar ichida mayda tromblar paydo bo`ladi. TIQQS birinchi darajasida geparin qo`llash yaxshi natija beradi;
- ikkinchi daraja gipokoagulatsiya, bunda qonni ivituvchi omillar butunlay holdan toyadi, V—VIII omillar ishdan chiqadi. Zaharli moddalar fibrinogenni parchalab, uni blokadaga uchratadi, oqibatda fibrinogen miqdori kamayib ketadi. Koagulopatiya holati sqdir bo`lib, barcha to`qima va a’zolardan qon keta boshlaydi. Qon suvdek suyuqlashib qoladi, hatto qon ketishlar igna suqilganda yoki muolajalar o`tkazilgan joylarda ham kuzatiladi;
- uchinchi daraja TIQQSning tuzalish darajasi bo`lib, agar asoratlar yuz bersa, davolashning iloji bo`lmasa, asoratlar darajasi ham deyiladi. Bu darajada yuqorida qayd etilgan patologik belgilar asta-sekin yo`qola boshlaydi, qon ketishlar to`xtaydi, bemor organizmidagi sariqliklar ketadi, laboratoriya belgilari normaga kela boshlaydi, ko`rsatkichlarning normallashishi bemorning yaxshi bo`la boshlashidan darak beradi.
TIQQS hech qachon o`z-o`zidan birdan paydo bo`lmaydi, u og`ir holatlarning asorati yoki asosiy kasallikka nisbatan ikkilamchi holat hisoblanadi.
TIQQSning kelib chiqishida gipoksiya muhim o`rin tutadi.
Tashxis qo`yish uchun TIQQSga hos belgilar va laboratoriya tahlillariga asoslaniladi: qon tarkibida majag`langan, ezilgan eritrotsitlar topilsa, trombotsitopeniya bo`lsa, fibrinogen parchalari ko`payib fibrinogenni blokirovka qiladi, natijada fibrinogen miqdori, protrombin indeksi kamayadi, ya'ni 40—50 % gacha tushib ketadi; qonda V, VII, VIII, X omillarning kamayishi; geparinga qarshi moddalarning qonda ko`payib ketishi, antitrombinning kamayishiga e'tibor beriladi.
TIQQS klinikasi. Bu xastalikda quyidagi sindromlar paydo bo`ladi: gemokoagulatsion shok; gemostazning buzilishi; trombotsitopeniya; gemorragik sindrom; mikrosirkulatsiyaning buzilishi; o`pkashoki; o`tkirbuyrak, jigaryetishmovchiligi. Hamma a’o va to`qimalardan qon keta boshlaydi. Yuqorida qayd etganimizdek TIQQSda zarar ko`rmagan a'zo qolmaydi. Bemor hushida emas, hatto stupor holatiga tushib qoladi. o`tkir nafas yetishmovchiligi belgilari namoyon bo`ladi; bosim tushadi, tomir urishi tezlashadi; bemorda sirkulator kollaps holati bo`lishi mumkin. Oshqozon, ichaklardan qon keta boshlaydi; qon qusadi; siydik miqdori kamayadi, siydik qon aralash keladi; o`tkir buyrak yetishmovchiligi belgilari sodir bo`ladi; teri ostida mayda-mayda qon quyishlar, gematomalar, hatto nekrozlarni kuzatish mumkin.
Davolash. Birinchidan, bemor shu holatga tushib qolmasdan oldin barcha choralarni ko`rish kerak. Chunki TIQQS sodir bo`lsa, bemorni bu holatdan chiqarish juda qiyin. Ikkinchidan, davolash paytida keltirib chiqargan asosiy sabablar yoki kasalliklarga qarshi kurashish kerak. TIQQSni davolashda muzlatilgan toza plazma 200 ml dan ikki marta quyilsa, yaxshi yordam beradi. Anti-trombinning 20% li 200 ml eritmasidan ikki marta tomir ichiga yuboriladi. Muzlatilgan toza plazma shunisi bilan ham foydaliki, uning tarkibida 60—80 g/1 oqsil, 11 g/1 organik va 9 g/1 noorganik moddalar bor. Bulardan tashqari, plazma tarkibida qonni quyultiruvchi omillar va immunnoglobulinlar mavjuToza, nativ (suyuq) plazma muzlatish yo`li bilan tayyorlanadi va uning faolligi bir yilgacha saqlanadi. Bundan tashqari, quritilgan plazmani fiziologik suyuqlikda eritib, keyin tomchilatib yuborish ham TIQQSni davolashda muhim rol o`ynaydi.
Plazmalardan tashqari, oqsil preparatlaridan albumin, proteinni quyish ham katta ahamiyatga ega, chunki ular onkotik bosimni oshirib, to`qimalardagi suyuqliklarni tomirlar ichiga olib kiradi, natijadagipovolemiyagaqarshi, eritrotsitlarning agregatsiyasiga, sekvestratsiyasiga qarshi kurashadi, tomirlar ichida aylanib yurgan qon miqdorini to`ldiradi. Gipotenemiyagaqarshi ham qo`llaniladi. Plazma tarkibida antitrombin, fibrinogen bor.
Bulardan tashqari, aminokapron kislotasining 4 % li 200 ml eritmasi ikki-uch marta, trombotsitar va eritrotsitar massa, katta miqdorda kontrikal tomir ichiga yuboriladi.
TIQQS sindromida to`g`ridan-to`g`ri qon quyishning ahamiyati kattTIQQSning birinchi darajasida, ya’ni giperkoagulatsiya darajasida antikoagulantterapiya, ya’ni geparinni qo`llash ayni muddao bo`ladi. Geparin hosil bo`lgan tromblarni to`liq eritmasa ham ular ko`payishining oldini oladi. Geparinning sutkalik miqdori 20000-30000 TB ni tashkil qiladi. Geparin qo`llashda trombotsitlar miqdorini hisobga olib borish kerak. Bundan tashqari, geparinni homilador ayollarda qo`llash, qon ketishiga xavf tug`diradi.
Infuzion terapiya uchun reopoliglyukin, Ringer suyuqligi, dezagregantlardan: kurantil, aspirin, trental, nikotin kislotasi, vitaminlar, gormonlar, qonni to`xtatuvchi dorilar qo`llash maqsadga muvofiqdir. Ular tarkibi, miqdoriga qarab mutaxassislar tomonidan belgilanib qo`llaniladi.

Категория: Kasalliklar | Просмотров: 9294 | Добавил: shumbola | Рейтинг: 3.0/3
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Juma, 06.12.2024, 02:18
Меню сайта
Категории раздела
Kasalliklar [12]
Bolalar kasalliklari [5]
Erkaklar kasalliklari [0]
Ayollar kasalliklari [4]
OITS / SPID [2]
Dorishunoslik [0]
Tibbiyot hodimlari uchun [2]
Talabalar uchun [3]
Qiziqarli [6]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2008  »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Наш опрос
Saytga holis baho bering
Всего ответов: 170
Мини-чат
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Статистика

    Onlayn: 1
    Mehmonlar: 1
    Foydalanuvchilar: 0
    KBGroup © 2007 - 2024