|
|
Приветствую Вас Mehmon | RSS |
|
|
|
TIBBIY SAYT |
|
| | |
|
Главная » 2007 » Iyun » 10 » Bronxial astma, etiologiyasi va patogenezi, belgilari, davolash va profilaktikasi
19:28 Bronxial astma, etiologiyasi va patogenezi, belgilari, davolash va profilaktikasi |
Bronxial astma Bu kichik bronxlar kovagining torayishi natijasida to'satdan paydo bo'ladigan surunkali kasallik. Bo'g'ilib qolish va nafas chiqarishning qiyinlashuvi bilan harakterlanadi. Etiologiyasi va patogenezi. Kasallikka bronxlar funksiyasi nerv regulyasiyasining buzilishi sabab bo'ladi. Belgilari. Bronxial astma xuruji ko'pincha, to'satdan boshlanadi. Ba'zan xurujdan avval ko'krak qisilib, umumiy darmonsizlik seziladi. Kasallik xuruj qilganda bemor nafas olishini yengillashtirish maqsadida o'tiradi va karovot qirrasi yoki biror qattiq narsaga tayanib mahkam ushlab oladi. Bronxial astmaga tashxis qo'yish qiyin emas. Tipik ko'rinishdagi xurujda, nafas chiqarish qiyinlashib, bo'g'ilish, eozinofiliya, Sharko-Leyden kristallari, balg'amda krushman spirallari kuzatilishi, allergenlar bilan kontaktda bo'lishi kasallikka aniq tashxis qo'yishga asos bo'ladigan belgilardir. Davolash va profilaktikasi. Kasallik xurujlari oralig'idagi davrlarda davo keyingi xurujlarni oldini olishga qaratiladi. Xuruj qilganda hamshira, vrach kelguncha bemor ahvolini yaxshilash choralarini ko'rishi, kiyim boshini yechishi, xona havosini yangilab turishi lozim. Aksariyat hollarda teri ostiga adrenalin 0,3-0,7 ml yuborish yaxshi natija beradi. Ba'zi bemorlar terisi ostiga 5% li efedrin eritmasidan 1 ml in'yeksiya qilinadi. Efedrin bilan adrenalin eritmasi qo'shib yuborilsa kuchi uzoq muddatga saqlanadi. Bundan tashqari kasallik xurujini bartaraf etishi uchun, venaga 2-3%li eufillin eritmasidan 7-10 ml yuboriladi.
|
Просмотров: 12448 |
Добавил: shumbola
| Рейтинг: 2.7/21 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
| | |
|
|
|
Меню сайта |
|
|
Категории раздела |
|
|
Вход на сайт |
|
|
Поиск |
|
|
Календарь |
|
|
Архив записей |
|
|
Наш опрос |
|
|
Мини-чат |
|
|
Статистика |
Onlayn: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
|