TIBBIY SAYT ГлавнаяРегистрацияВход
Главная » 2007 » Iyun » 10 » Ko'k choyning hosiyati
02:44
Ko'k choyning hosiyati

   Hozirgi kunda ko‘pchilik yurtdoshlarimiz ko‘k choyni doimiy ravishda iste’mol qilishadi.

   Buning sababini ular iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda deya baholashadi. Bu ham to‘g‘ri. Lekin masalaga chuqurroq nazar tashlanadigan bo‘lsa, sog‘lom hayot tarzini yaratish ishtiyoqida bo‘lgan har bir inson, albatta, ko‘k choy iste’mol qilgani ma’-qul. Negaki, ko‘k choy vitaminlarga boy. Uning tarkibida S, R, V, K, RR vitaminlari, shu jumladan, ftor, yod, mis va shunga o‘xshash organizm uchun nihoyatda foydali hisoblangan moddalar mavjud.

   Masalan, ko‘k choy tarkibidagi S vitamini rak kasali bilan og‘rimasligingiz uchun ma’lum ma’noda zamin yaratib bersa, R vitamini qon aylanishini yaxshilaydi.

   Ko‘k choy yurak kasalliklari, ateroskleroz, bosh miyada qon aylanishi masalalarida odamga yordam berib, arterial qon bosimini tushiradi.

   Bundan tashqari, ko‘k choy organizmdagi turli mikroblar, viruslarni o‘ldiradi va shamollashning oldini oladi. Ko‘pchilik uni gripp, ovqatdan zaharlanish, disbakterioz kabi kasalliklarni davolashda ham qo‘llaydi.

   Bo‘qog‘i kattara boshlagan bemorlar ham, albatta, ko‘k choyni doimiy ravishda ichishlari zarur.

   Ko‘k choy tarkibida ftor moddasi ham mavjud ekanki, bu bizning milklarimiz, tishlarimiz mustahkam bo‘lishi uchun xizmat qiladi.

   Ayniqsa, kompyuter qarshisida ko‘p o‘tirib ishlaydiganlar ko‘k choyni ko‘proq ichishlari lozim. Chunki, ko‘k choy organizmni zararli nurlardan ham himoya etadi.

   Ko‘k choyni tibbiyotda ozish uchun ham tavsiya qilishadi. Bu to‘g‘ri. Negaki, u organizmdagi modda almashinuvini yaxshilab, ortiqcha yog‘larni haydab chiqaradi.

   Bu ichimlikni sut va shakarsiz ichgan ma’qul. Agar shirinliksiz tura olmaydiganlar bo‘lsa, ko‘k choyga ozgina asal aralashtirib ichsalar ham bo‘laveradi.

   Ko‘k choyni choynakka solgandan so‘ng ikki martadan ko‘p damlamaslik kerak. Sababi, qayta-qayta damlayversangiz, choy tarkibidagi vitaminlar deyarli yo‘qolib ketgan bo‘ladi va sizga hech qanday foyda bermaydi.

   Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tmoqchimizki, ko‘k choy yosharish, yuz tuzilishini yanada yaxshilash, keksarishni sekinlashtirishda ham keng qo‘llanilib, turli krem, shampunlar tarkibiga qo‘shib kelinayapti.

ARITMIYA

   Aritmiya, bu — yurak urishining me’yori buzilgani demakdir (Sog‘lom odamning yuragi har daqiqada 60-90 marotaba urishi lozim).

   Aritmiya yurak-qon tomirlarida mavjud bo‘lgan kaltsiy, kaliy va magniylar miqdorining o‘zgarishi, turli zaharli moddalar bilan zaharlanishi, qondagi kislorodning yetishmasligi, markaziy asab sistemasining zararlanishi oqibatida yuzaga keladi.

   Aritmiyaga EKG hamda elektrofiziologik yo‘llar bilan tashxis qo‘yiladi.

   Agar yurak urishi har daqiqada 90 martadan oshib ketsa, bu taxikardiya deb ataladi. Har daqiqada 60 martadan kamayib ketsa, bradikardiya deb atashadi.

Aritmiyani davolash

   Aritmiyaga uchragan bemor o‘zini yaxshi his etayotgan bo‘lsa, uni davolash shart emas. Qolgan hollarda esa, dastlab aritmiyani keltirib chiqaradigan kasalliklarni davolab olish tavsiya etiladi.

   Bundan tashqari, aritmiyani davolashda yurakning me’yorda ishlashi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, uni to‘liq qon, kislorod, kaltsiy ionlari, kaliy moddalari bilan to‘yinishiga erishish kerak bo‘ladi. Shundan keyingina vrach belgilab bergan turli dorilarni qabul qilishni boshlang.

Просмотров: 4355 | Добавил: shumbola | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Juma, 06.12.2024, 02:34
Меню сайта
Категории раздела
Kasalliklar [12]
Bolalar kasalliklari [5]
Erkaklar kasalliklari [0]
Ayollar kasalliklari [4]
OITS / SPID [2]
Dorishunoslik [0]
Tibbiyot hodimlari uchun [2]
Talabalar uchun [3]
Qiziqarli [6]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2007  »
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Наш опрос
Оцените наш сайт
Всего ответов: 38
Мини-чат
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Статистика

    Onlayn: 1
    Mehmonlar: 1
    Foydalanuvchilar: 0
    KBGroup © 2007 - 2024