|
|
Приветствую Вас Mehmon | RSS |
|
|
|
TIBBIY SAYT |
|
| | |
|
Главная » 2007 » Iyun » 9 » Tumov. Klassifikatsiyasi, davosi.
10:33 Tumov. Klassifikatsiyasi, davosi. |
Tumov. Burun kovagi shilliq qavatini yallig‘lanishi o‘tkir va surunkali tumovga ajraladi. O‘tkir tumov odatda tomoqning qichishi, aksirish, burun achishi hamda quruqshab qolishidan boshlanadi. Ba`zan bosh og‘rig‘ bezovta qilib, darmonsizlik paydo bo‘ladi. Keyin burun balg‘amga to‘lib qoladi. U dastab toza, so‘ngra shilimshiq ko‘rinishga kelishini hamma biladi, albatta. Shilliq qavat shishgach, nafas olish qiyinlashadi. Ba`zan tumov burun bo‘shlig‘idagi o‘simta kasalligiga olib kelishi mumkin. O‘tkir tumovni shamollash, infektsiya, allergiya keltirib chiqarishi mumkin. Surunkali tumovda burunning doimiy oqishi kuzatiladi. Burunning shilliq qavati kattalashadi yoki ingichkalashib burun kovagi balg‘am qotishmalari bilan berkilib qolgach, nafas olish qiyinlashadi. Agar balg‘am chiriy boshlasa, qo‘lansa hidli tumov boshanadi. Buni hid bilmagani uchun bemorning o‘zi bilmaydi. Surunkali tumov sababchisi burun pardevorining buzulishi hamda burun kovagini kaallanishidir. Surunkali yiringi tumovning o‘ziga xos belgisi burun uchi qizarishi va qichishi hisoblanib, ensa, chakkada sanchiqli og‘riq paydo bo‘ladi. kasallik bemorning ko‘z va quloqlarida hamda uning ruhiy holatida aks etadi. Surunkali tumovga befarq qaramaslik kerak. Darrov shifokorga murojaat qilib, uni zudlik bilan davolashga kirishish lozim. Tumovni uy sharoitida davolashda quyidagi usullar ta`vsiya qilinadi. Tumov boshlanishi bilan darrov tovonga gorchichnik qo‘yib, maxkam bog‘lab tashlang. Keyin junli paypoq kiyib, uni iloji boricha ko‘proq saqlash kerak (odatta 1-2 soat).
|
Просмотров: 5025 |
Добавил: shumbola
| Рейтинг: 3.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
| | |
|
|
|
Меню сайта |
|
|
Категории раздела |
|
|
Вход на сайт |
|
|
Поиск |
|
|
Календарь |
|
|
Архив записей |
|
|
Наш опрос |
|
|
Мини-чат |
|
|
Статистика |
Onlayn: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
|