TIBBIY PORTAL


Bosh sahifaRo'yxatdan o'tishKirish
1 2 3 4 5 6 »

Sariqlik 50% vaqtiga yetib tug'ilgan chaqaloqlarda va 80% dan ko'proq vaqtiga yetmay tug'ilgan chaqaloqlarda kuzatiladi. Ko'p hollarda bu fiziologik sariqlik bo'lib, alohida davo talab qilmaydi. Patologik xarakaterli sariqlikka gumon qilinganda, qondagi bog'langan va bog'lanmagan bilirubinni tekshirish talab qilinadi

Bo'lim: Bolalar kasalliklari | Ko'rildi: 62745 | Qo'shdi: shumbola | Sana: 30.07.2018 | Fikrlar (1) | Forum: Muhokama

Bolalarda yassi panjalik (yassi oyoqlik) tayanch-harakat sistemasidagi o‘zgarishlar ichida ko‘p uchraydigani hisoblanadi. Kasallik asosida panjaning ko‘ndalang va bo‘ylama gumbazlarini alohida-alohida bir vaqtning o‘zida yassilanishi yotadi. Agar panjaning bo‘ylama gumbazi pasaysa, yassi panjalik vujudga keladi. U ko‘pincha panja oldingi qismining uzoqlashishi bilan birga kechadi, yoki panja butunlay tashqariga og‘adi. Bu hollarda deformatsiya yassi valgus panja deb ataladi. Umuman boldir-panja sohasi orqa yuzasi o‘rtasidan o‘tkazilgan vertikal chiziq tashqariga 6 gradusgacha og‘sa, bu me’yor hisoblanadi, ichkariga og‘ish normada kuzatilmasligi kerak.

Bo'lim: Bolalar kasalliklari | Ko'rildi: 17478 | Qo'shdi: shumbola | Sana: 14.06.2016 | Fikrlar (0) | Forum: Muhokama

Otoskleroz ichki quloq suyak qobig‘ining o‘ziga hos kasalligi bo‘lib, yoshlarda ham ko‘p uchraydi va eshitish qobiliyatining tobora pasayib borishi bilan ajralib turadi. Kasallik ikki tomonlama bo‘ladi. Uning kelib chiqishi to‘g‘risida turli fikrlar bor, lekin to‘liq ma’lumot yo‘q. Kasallik yosh ayollar orasida ko‘proq uchrab, bu homiladorlik va tug‘ish davrida eshitish qobiliyatining keskin pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Kasallikning boshlanishida ichki quloqning suyak qismida o‘zgarish kuzatiladi, ya’ni qattiq suyakning ba’zi joylari qalin spongioz to‘qimaga aylanadi.
Bo'lim: Talabalar uchun | Ko'rildi: 10388 | Qo'shdi: shumbola | Sana: 30.08.2015 | Fikrlar (0) | Forum: Muhokama

Irsiy kasalliklar – genetik informatsiya (irsiy axborot)ning buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar: asosan, xromosomalar yoki genlardagi mutatsiyalar tufayli paydo bo‘lib, nasldan naslga o‘tadi. Mutatsiyalar tashqi muhit omillari (ionlashtiruvchi nurlar, ayrim biologik faol kimyoviy birikmalar) hamda organizm va hujayralardagi salbiy ta’sirlar oqibatida ro‘y berishi mumkin. Irsiy kassaliklar asosan, klinik genealogik usul bilan o‘rganiladi, bunda avlodlar shajarasi tuziladi. Bu usul yordamida Irsiy kassaliklar (autosomdominant, autosom-retsessiv va jins bilan bog‘liq kasalliklar)ning turli yo‘llar bilan nasldan naslga o‘tishi aniqlanadi.
Bo'lim: Talabalar uchun | Ko'rildi: 20597 | Qo'shdi: shumbola | Sana: 29.08.2015 | Fikrlar (0) | Forum: Muhokama

Lat yeyish – teri yuzasining butunligiga zarar yetmasdan turib, yumshoq to‘qimalarning mexanik shikastlanishi. Kishini zarb bilan urganda yoki u qattiq joyga yiqilganda lat yeydi. Yengil, o‘rtacha va og‘ir lat yeyish kuzatiladi, uning yengil yoki og‘irligi mexanik ta’sir qiluvchi jism yuzasining ulchami va ta’sir tezligiga, shuningdek, to‘kimaning tuzilishiga bog‘liq. Ko‘pincha teri va teri osti yog‘ qatlami, muskullar, suyak pardasi...
Bo'lim: Talabalar uchun | Ko'rildi: 12906 | Qo'shdi: shumbola | Sana: 27.08.2015 | Fikrlar (0) | Forum: Muhokama

OITS mаsаlаsi nаfаqаt tibbiyot hodimlari, bоshqа bir qаnchа mutаhаssisliklаrdаgi оlimlаrning ishi bo‘libginа qоlmаy, dаvlаt аrbоblаri, iqtisоdchilаr, yuristlаr, sоtsiоlоglаr hаmdа ko‘pchilikning hаm zimmаsidаgi yuk bo‘lib qоlmоqdа.
Virus yuqqаn shаxsning аxvоli uzоq muddаt ichidа mе’yoridа (nоrmаl) hоlаtdа bo‘lishi mumkin. Chunki, virus оrgаnizmgа kirgаch hujаyrаgа yopishib оlib, аstа-sеkin hujаyrа ichigа, аsоsаn yadrо аppаrаtigа jоylаshib оlаdi vа mа’lum dаvrgаchа tinch hоlаtdа sаqlаnаdi. Kаsаllik o‘tkir hоlаtdа rivоjlаnаdigаn bo‘lsа virusning inkubаtsiya (kаsаlik bеlgisi nоmоyon bulgungаchа) dаvri 6-18 оy bo‘lishi mumkin.
Bo'lim: OITS / SPID | Ko'rildi: 19390 | Qo'shdi: shumbola | Sana: 29.12.2012 | Fikrlar (0) | Forum: Muhokama

Бачадон миомаси деб, мушак тўқимасидан, фибромиома – бириктирувчи тўқималардан ташкил топган, гормонларга мойил бўлган хавфсиз ўсмага айтилади. Миома кенг тарқалган касаллик бўлиб, гинекологик беморларнинг 10-27% да, 30 ёшга етган беморларнинг 20% ида, 40 ёшдан катта беморларнинг эса 40% ида учрайди.
Бачадон миомасининг келиб чиқиш сабаблари ва ривожланиши юзасидан жуда кўп олимларнинг фикр-мулоҳазалари бўлиб, улар ҳар хилдир, лекин ягона якуний хулосага келинмаган. Бу масалада бутун дунё олимлари тадқиқот ишларини олиб бормоқдалар.
Bo'lim: Ayollar kasalliklari | Ko'rildi: 15095 | Qo'shdi: shumbola | Sana: 04.12.2011 | Fikrlar (0) | Forum: Muhokama

Ўткир яллиғланиш. Яллиғланишнинг бу тури патоген омиллар таъсирига жавобан дархол ва эрта муддатларда бошланадиган яллиғланиш реакциясидир.
Этиологияси ва патогенези. Ўткир яллиғланишга олиб борадиган сабаблар жуда хар хил. Улар келиб чикиши жихатидан экзоген ва эндоген булиши мумкин. Яллиғланишнинг экзоген омилларига куйидагилар киради: 1) физик омиллар (нур ва электр энергияси, юкори ва паст харорат, хар хил шикастлар, яъни травмалар), 2) кимёвий омиллар (кислоталар, ишкорлар, дори препаратлари, скипидлар ва кротон мойи булар каторида алохида уринда туради), 3) биологик омиллар - микроблар (стафилококклар, стрептакокклар, пневмококклар, ичак таёкчаси ва бошкалар), вируслар. Яллиғланишга сабаб булган кимёвий моддалар эндоген йул билан хам юзага келиши мумкин. чунончи, уремия махалида, ут йуллари тикилиб колган пайтларда, некрозга учраган ва қон куйилган жойларда шундай моддалар юзага келади. Улар узи кайси жойга ажралиб чикадиган булса, уша жойни яллиғлантиради. Масалан, уремик токсин фибриноз энтероколит, фибриноз перикардитга сабаб булади.
Bo'lim: Bolalar kasalliklari | Ko'rildi: 8131 | Qo'shdi: shumbola | Sana: 07.01.2011 | Fikrlar (0) | Forum: Muhokama

Bola organizmini o’sishi va rivojlanishni ta’minlovchi omillardan biri bu ovqatlanishni to’g’ri tashkil qilishdir. Ayniqsa kasal bola uchun to’la ovqatlanish muhim ahamiyatga ega, xayotiy jarayonlarni va to’qimalarni qaytadan yangi hosil bo’lishda juda katta rol o’ynaydi. Bu patologik jarayon ko’p hollarda oksillar buzilishi bilan kechadi, mineral moddalar ajralishi ortadi, vitaminlar kamayadi, shu sababli antitelalar hosil bo’lishi kamayadi, organizm qarshiligi pasayadi, shuning uchun parxez, kasal bolalarga belgilangan, kasal organizm talab qilgan miqdorni to’ldirishi kerak, bolani fiziologik talablariga va yoshga qarab ovqatni belgilash bilan birga shuni hisobga olish kerakki ayrim hollarda, ayniqsa isitma chiqayotgan kasalliklarda oshqozon ichaklarida sekretsiya va motor funktsiyalari susayganligi belgilangan. Davolash profilaktika bo’limida parxez ovqat terapiyani asosiy qismlardan hisoblanadi. Shuning uchun ovqatlar zamonaviy talablarga javob beradigan tarzda tashkil qilingan bo’lish kerak.
Bo'lim: Qiziqarli | Ko'rildi: 28769 | Qo'shdi: shumbola | Sana: 06.07.2010 | Fikrlar (0) | Forum: Muhokama

Zaharlansh
Zaharlanish – o‘tkir kasallik kabi boshlanib, organizmga kimyoviy moddaning toksik ta’siri natijasida yuzaga keladi.
Hozirgi vaqtda sanoat, qishloq xo‘jaligi, uy sharoitida fosfororganik birikmalar bilan zaharlanish ko‘p tarqalgan. Bu modda asab tizimiga ta’sir qiladi, ya’ni holsizlik, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, toqatsizlik, nafas olishning buzilishi (bu holat nafas muskullarining bo‘shashishi bilan bog‘liq), qorinda og‘riq va ich ketishi kuzatiladi.
Anafilaktik shok allergik reaksiyalar to‘plami hisoblanib, juda og‘ir darajada kechadi. Anafilaktik shokning doimiy belgilaridan bo‘lib, o‘tkir tomir yetishmovchiligi, qon bosimining keskin tushishi bilan, yuzning oqarishi yoki giperemiyasi, sianoz, kuchli terlash, puls ipsimonligi hisoblanadi.
Ko'rildi: 45977 | Qo'shdi: shumbola | Sana: 07.02.2010 | Fikrlar (0) | Forum: Muhokama

Nafas a`zolarining surunkali nospesifik kasalliklari bo’lgan bemorlar tuberkulyoz bilan kasallanish xavfi yuqori bo’lgan shaxslar kontingentini tashkil qiladi. O’pkaning surunkali nospesifik kasalliklari ko’pincha umumiy immun reaksiyalar susayishi fonida kechadi va o’pkada lokal (mahalliy) immunitetning turli-tuman buzilishlari bilan kuzatiladi. Shunga bog’liq holda tuberkulyoz bilan kasallanish xavfi haqiqatdan oshib bormoqda. O’pkaning nospesifik yallig’lanishli kasalliklari ko’pincha uzoq muddat kechuvchi tuberkulyoz bilan asoratlanadi, so’ngra esa uning tuzalishi ko’pincha o’pkadagi tuberkulyozdan keyingi qoldiq o’zgarishlar bilan birga kuzatiladi.
Bo'lim: Kasalliklar | Ko'rildi: 13868 | Qo'shdi: shumbola | Sana: 22.11.2009 | Fikrlar (0) | Forum: Muhokama

Cho'chqa grippi
Qizig'i shunda-ki, cho'chqa grippi simptomlari oddiy gripp simptomlariga o'hshashdir. Ular:
- Tana haroratining birdan ko'tarilishi;
- Sovqatish;
- Tananing sim-sim o'grishi;
- Bosh og'rishi;
- Ko'z qizarib ketish hollari mavjud, chiroqqa qarash qiyin;
- Tomoq qizarishi, yo'tal, burun bitishi kam kuzatiladi.
Bo'lim: Kasalliklar | Ko'rildi: 7001 | Qo'shdi: shumbola | Sana: 28.09.2009 | Fikrlar (0) | Forum: Muhokama

Bola ikki tilni bir vaqtda o'zlashtirayotgan paytda kattalar bolaga nutqini to'g'ri va ravon bo'lishi uchun yordam berishlari lozim. Bola uchun ikki tilda mumila qilish ham qiziqarli va oson bo'lishi kerak. Bolalar bilan muomila qilayotgan kattalar bola bilan ALOQAga kirishlari lozim, shunchaki nutq tehnikasini ishitish emas. Bu degani kattalar uchun bola qanday gapirayotgani emas, balki nima gapirayotani qiziq bo'lishi kerak. Albatta hatolar bo'lishi yahshi emas, lekin ota-onalar bu hatolani bolaga iloji boricha sezirarli qilmasdan to'g'irlamog'i lozim. Masalan bola bir nimani hato bilan, yoki undn kutayotgan tilda emas boshqa tilda gapirib yubordi. U holda kattalar uning fikri, gapirgan narsasi bilan xisoblashib, kerak bo'lsa javob xam berib, keyin esa bola gapirgan gapni boshidan to'g'ri hatosiz qaytarib ko'rsatish lozim. Ota-onalar bola bilan to'g'ri uslub qo'llashiyotganini ko'rish uchun bolaning nutqiga ahamiyat bermoq lozim. Bola javob berayotganda savol berilgan tilda javob beradi, o'zi savol berayotganda esa o'zi uchun qulay tilda savol beradi. Bundan siz bolaga qaysi til qulay va yoqimli ekanligini bilib olishingiz mumkin. Bundan kelib chiqib, bola yoqtirmaydigan tilni qiziqarliroq, bolaga tushunarli va oson qilib muomilada ko'proq ishlatmog'ingiz kerak bo'ladi.
Bo'lim: Qiziqarli | Ko'rildi: 5084 | Qo'shdi: shumbola | Sana: 28.09.2009 | Fikrlar (0) | Forum: Muhokama

Isitma chiqqanda yordam ko'rsatish
Isitmaning o`tishi uch davrga bo`linadi: harorat ko`tarilishi, maksimal darajaga chiqishi va pasayishi. Bu davrlarda har birining o`z klinik ko`rinishi bor, shunga ko`ra bemorlarni parvarish qilishning ham o`ziga xos xususiyatlari bo`ladi.
Haroratning ko`tarilish davrida issiqliq hosil qilish issiqlik yo`qotishdan ustunlik qiladi. Bu davr bir necha soat, bir necha kun, hatto haftalargacha davom etishi mumkin. Bemor haroratining tez ko`tarilishini ancha og`ir o`tkazadi: qaltirab, eti uvishadi, a'zoyi badani og`rib, qaqshaydi. Uni isitish, issiq qilib o`rab chirmash, isitgich qo`yish, issiq ichimliklar (choy, kofe ) ichirish kerak.
Bo'lim: Tibbiyot hodimlari uchun | Ko'rildi: 16894 | Qo'shdi: shumbola | Sana: 27.09.2009 | Fikrlar (0) | Forum: Muhokama

Isitma
Isitma deb, organizmdagi o`zgarish jarayoniga nisbatan moslashish va himoya reaksiyasiga aytiladi. Bu reaksiya infeksiya yoki to`qimalarning parchalanish mahsulotlaridek kuchli ta'sirotlarga javoban tana haroratining ko`tarilishi bilan namoyon bo`ladi.
Mikroblar va ular ajratadigan mahsulotlar (mikrob pirogenlar), bir tomondan issiqlikni boshqaradigan nerv markazlariga ta'sir ko`rsatib, ularning qo`zg`alishiga sabab bo`lsa, ikkinchi tomondan oq qon tanachalarini (netrofillarni) ta'sirlantiradi, ular bunga javoban o`z pirogenlarini ishlab chiqarib, qonga ajratadi. Bu pirogenlar infeksiyaga qarshi faol kurashadi.
Bo'lim: Tibbiyot hodimlari uchun | Ko'rildi: 44163 | Qo'shdi: shumbola | Sana: 27.09.2009 | Fikrlar (0) | Forum: Muhokama

Payshanba, 21.11.2024, 10:18
Asosiy menyu
Yangiliklar bo'limi
Kasalliklar [12]
Bolalar kasalliklari [5]
Erkaklar kasalliklari [0]
Ayollar kasalliklari [4]
OITS / SPID [2]
Dorishunoslik [0]
Tibbiyot hodimlari uchun [2]
Talabalar uchun [3]
Qiziqarli [6]
Kirish shakli
Yangiliklar taqvimi
«  Noyabr 2024  »
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Bizning so'rov
Saytga holis baho bering
Всего ответов: 170
Yangiliklardan qidirish
Do'stlarimiz
Mini-chat
Natija


Ayni vaqtda portalda:
Onlayn: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

On-line foydalanuvchi:
IP: 18.226.200.180
P/S: Shahsiy habarni o'qish

Copyright KBG StudiO - Tibbiy Informatsion portal